Abdullaeva Dildoraxon Zumratbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mumtoz adabiy asarlar tarkibidagi “masal”lar genezisi, tipologiyasi, funksional tahlili», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil228
Ilmiy maslahatchi: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor v.b., Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: mumtoz adabiy asarlar tarkibidagi masal janri va masalnamo syujetlar genezisi, ularning tipologik, funksional xususiyatlari, mazmuni, majoziy va ramziy obrazlar tizimi hamda g‘oyaviy jihatlarini aniqlashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida yaratilgan masal janri va masal tipiga kiruvchi asarlarning genetik asoslari bir ekanligi, biroq adabiyotshunoslikda “masal” janri faqat tor ma’noda, ya’ni allegorik obrazlar ishtirok etuvchi janr tushunilishi ommalashgani, aslida masal so‘zining “misol”dan olingani, muayyan asarlar tarkibida kelganda masallik vazifasini bajarishi dalillangan, masal tipiga kiruvchi asarlarning vazifaviy xususiyatlari, ya’ni masallik funksiyasi ochib berilgan, shuningdek “masal tipidagi asar” istilohi, uning “masal” istilohi bilan munosabati oydinlashtirilgan; 
dastlabki masal namunalaridagi diniy-e’tiqodiy qarashlarning qadimgi yozma yodgorliklar, qissa va dostonlarda ham aks etishi, Yunon notiqlik maktabi va qadimgi Sharq adabiyotida masallarga ko‘p bor murojaat qilingani, masal so‘zlovchining fikrini dalillash vositasi vazifasini bajarganligi, bu esa badiiy nutqning illyustrativligini ta’minlashi dalillangan; 
masal tipidagi asarlarning qadimiy namunalari hamda mumtoz adabiyotdagi masallarning syujet sxemasi, motiv va obrazlari qiyoslangan, ulardagi mushtaraklik mavjudligi aniqlangan hamda buning omillari ko‘rsatilgan, “Kalila va Dimna”, “To‘tinoma”, turli mualliflarning “Zarbulmasal” asarlaridagi masallarning hamda syujet sxemalarining transformatsiyasi inson tafakkuri tadriji, shuningdek xalqlarning turmush sharoitlaridagi umumiylik asosida kechgan masal va masal tipidagi asarlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti bilan bog‘liqligi  isbotlangan; 
Sharqda va o‘zbek adabiyotida yaratilgan “Zarbulmasal” asarlarning janr-kompozision xususiyatlari, “Zarbulmasal” atamasining qo‘llanilish doirasi, bunday asarlarning jahon masalchiligida alohida o‘rin tutishi, uning nasriy va she’riy shakllaridan tashqari ruboiy-zarbulmasal, savol-javob shaklidagi turlari mavjudligi, muayyan davr hayotini keng qamrab olishi va muallifga u haqdagi nisbatan yaxlit konpensiyani ifodalashi jihatidan o‘ziga xoslik kasb etishi asoslangan; 
tazkira, manoqib, maqomotlarda masalga xos motivlarning qo‘llanishi va buning sabablari aniqlab berilgan, ularning boshqa turdagi adabiy manbalarda uchraydigan motivlar bilan uyg‘unligi va buning asosiy omillari ochib berilgan; badiiy voqelikning hikoyat va rivoyatlarda masalnamo xususiyat kasb etishi, o‘xshash syujet sxemalari, motivlar va epizodlarning turli shaxslar hayotiga aloqadorligi sabablari hamda masal tipidagi asarlarning funksional xususiyatlari orqali izohlash kerakligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
o‘zbek adabiyotida yaratilgan masal janri va masal tipiga kiruvchi asarlarning genetik asoslari bir ekanligi, biroq adabiyotshunoslikda “masal” janri faqat tor ma’noda, ya’ni allegorik obrazlar ishtirok etuvchi janr tushunilishi ommalashgani, aslida masal so‘zining “misol”dan olingani, muayyan asarlar tarkibida kelganda masallik vazifasini bajarishi xususidagi natijalardan 2017-2018-yillar davomida bajarilgan OT-A1-46 raqamli “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2757-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan “Adabiyotshunoslik lug‘ati” tarkibiga kiritilgan “masal”, “irsol ul-masal”, “tamsil”, “latifa”, “doston”, “sayyor syujetlar nazariyasi”, “allegoriya”, “majoz”, “mif”, “mifologik maktab”, “aforizm”, “aforistika”, “kiritma hikoya”, “didaktik adabiyot”, “qoliplash” kabi yigirmadan ortiq so‘zlarning lug‘aviy, istilohiy ma’nolari bilan boyitilgan;
masal tipidagi asarlarning qadimiy namunalari hamda mumtoz adabiyotdagi masallarning syujet sxemasi, motiv va obrazlar tahlili, “Kalila va Dimna”, “To‘tinoma”, “Zarbulmasal” tipidagi asarlarda masal turlari, syujet sxemalarining ko‘chishi, masal va masal tipidagi asarlarning paydo bo‘lish tadrijiga oid natija va xulosalaridan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-18 “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 89.03-4617-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy lisoniy madaniyatni ta’minlashda xalq og‘zaki ijodi va badiiy asarlar haqidagi xulosalarning mukammalashuviga erishilgan;
sharqda va o‘zbek adabiyotida yaratilgan “Zarbulmasal” asarlar, “Zarbulmasal” atamasining qo‘llanilish doirasi va chegarasi, bunday asarlarning jahon masalchiligidagi o‘rni masalasiga oid xulosalardan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-126 “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” mavzusidagi amaliy loyihada tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89.03-4363-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishda, umumta’lim maktablarida masallarni o‘qitishda, mumtoz adabiy asarlar ustida ishlash usullari yaratilgan;
o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida mavjud ilmiy-nazariy xulosalar, ta’riflar, fikrlar asosida masalnamolik  tushuncha-sining yoritilishi, masalnamolikning barcha xalqlarda bo‘lganligi, masal tipidagi syujetlar sxemasining sayyor ekanligi haqidagi xulosalaridan Ausbildung und Arbeit Plus GmbH markazida (Germaniya) bajarilgan tadqiqotda foydalanilgan (Germaniya Respublikasi Ausbildung und Arbeit Plus GmbH markazining 2020 yil 2 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotlarning mazmun-mundarijasi kengayib, ilmiy-nazariy qarashlarlarning mukammal darajaga etishiga hissa bo‘lib qo‘shilgan;
badiiy voqelikning hikoyat va rivoyatlarda masalnamo xususiyat kasb etishi, o‘xshash syujet sxemalari, motivlar va epizodlarning turli shaxslar hayotiga aloqadorligi sabablari hamda masal tipidagi asarlarning funksional xususiyatlariga oid nazariy va amaliy taklif, tavsiyalardan Karabuk universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limida (Turkiya Respublikasi) TED301 Eski Türk Edebiyatı III, TED329 Eski Türk Edebiyatında Nesir I, TED217 Eski Türk Edebiyatında Türler, TED227 Tasavvuf Edebiyatı I, TED724 Çağatay Türkçesi, TED109 Türk Dili tarihi I, TED110 Türk Dili tarihi II darslarida foydalanilgan (Karabük Üniversitesining 2020 yil 9 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada darslar ilmiy-nazariy dalillar bilan boyigan;
Alisher Navoiy, Gulxaniy, Ezop kabi adiblar asarlari tahlillaridan  Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Mutolaa zavqi”, “Ijod gulshani”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” teleko‘rsatuvlari, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “She’riyat gulshani”, “Ajdodlar o‘giti” radioeshittirishlar ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2020  yil 7 avgustdagi  20-24/337-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda tahlil qilingan jahon va o‘zbek masallaridagi, mumtoz adabiy asarlardagi  insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar, ularning tarixiy, adabiy, ilmiy, tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuv va eshittirishlarning badiiy jihatdan yanada qiziqarli, mazmunli, jonli chiqishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish