Sodikova Munira Rustambekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy homashyolar asosida samarali oligomer korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish va sinflash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1059.
Ilmiy rahbarlar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Tadjixodjaev Zakirxodja Abdusattarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martlalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va ikkilamchi moddiy resurslar asosida ko‘p maqsadlarga mo‘ljallangan samarali oligomer korroziya ingibitorlarini ishlab chiqish hamda ularni sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid (melamin, ammofos) va ortofosfor kislotasini ta’sirida olingan addukt noorganik birikmalar tuzlari va ularing ikkilamchi mahsulotlari hamda yog‘-moy sanoatining ikkilamchi moddiy resurslari bilan modifikatsiyalangan (ARIN&M-I) oligomer korroziya ingibitorlari ishlab chiqilgan;
yog‘-moy va kimyo ishlab chiqarish mahsulotlarining ikkilamchi moddiy resurslari hamda di- va poliaminlarni o‘zaro ta’sirlashtirish (polikondensatsiya qilish) bilan (ARIN&M- II) oligomer korroziya ingibitorlari olingan;
oligomer birikmalar tarkibiga ikkilachi polimerlarni (IXPE yoki IPETF) kiritish metall yuzasiga adgeziyalanishiga va korroziyaga qarshi faollik bilan bir qatorda sirtda plyonka hosil bo‘lishiga yordam berishi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi TIF TN takomillashtirish maqsadida korroziya ingibitorlarining kimyoviy tarkibi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llanilgan yangi subpozisiya va podsubpozisiyalar kodlari hamda ekspress usullarini o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ko‘p maqsadli vazifalarga mo‘ljallangan samarali oligomer korroziya ingibitorlarini texnologiyasini ishlab chiqish va tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasiga muvofiq ularning tasnifini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«ARIN&M» korroziya ingibitorlari» uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 07507009–04:2020). Natijada, metall konstruksiyalari va texnologik uskunalarni himoya qilishda korroziya ingibitorlarini qo‘llash va ularni issiqlik energetika sanoatidagi kimyoviy tozalashda foydalanish imkonini bergan;
«ARIN&M» korroziya ingibitorlari «Olmaliq tog‘-kon metalurgiya kombinati» qurilmalarini korroziyadan himoyalash jarayonlarida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 63-406-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik uskunalar va metall konstruksiyalarning ekspluatatsion muddati 15–25% ga o‘zaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga “korroziya ingibitorlari” uchun yangi mahsulot kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 4 martdagi 1/16-078-son ma’lumotnomasi). Natijada, korroziya ingibitorlarini bojxona maqsadlari uchun sifatli identifikatsiyalash imkonini bergan;
“Bojxona nazoratining texnik talablari – sinovlarning ekspress usullarini o‘tkazish tartibini reglamentatsiyasi va kimyo mahsuloti – korroziya ingibitorlari sifatini baholash usullari” bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 4 martdagi 1/16-078-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona faoliyatida korroziya ingibitorlar ekspertizasini samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish