Sattarov Olim Usmonkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noorganik moddalarni ishlab chiqarishdagi murakkab texnologik jarayonlarini intellektual boshqarish tizimlarini sintez qilish usullari”, 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1952.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarov Zoxid Ergashbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Ximavtomatika” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noorganik moddalar ishlab chiqarishning murakkab texnologik jarayonlarini intellektual boshqarish tizimlarini sintezlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imperik-statistik tajribalar asosida fosfat kislotani ekstratsiyalash jarayonining mavjud qonuniyatlarini yanada to‘liqroq aks ettirish imkonini beradigan ushbu jarayonning asosiy kirish va chiqish o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
komponentlarning reaktorda kimyoviy jarayon uchun ketadigan vaqtga bog‘liqlik darajasiga ko‘ra noorganik moddalarni konsentratsiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan va ular asosida reagentlarning massaviy sarfini aniqlash imkoni yaratilgan;
dastlabki PID-rostlagichga monandlikni belgilab beruvchi omillarni aniqlash, optimal o‘qitish tanlanmalarini shakllantirish orqali neyron tarmoqli rostlagichlarni loyihalash algoritmlari ishlab chiqilgan;
fosfor kislotasini ekstraksiyalash jarayonini boshqarishga mo‘ljallangan neyronli rostlagichga ega bo‘lgan ko‘p pog‘onali boshqarish tizimi farq signali bo‘yicha adaptatsiyalash algoritmi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noorganik moddalarni ishlab chiqarishdagi murakkab texnologik jarayonlarini intellektual boshqarish tizimlarini sintezlash usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
tavsiflari kutilmagan tarzda o‘zgaradigan dinamik ob’ektlarni boshqarish uchun taklif etilgan neyron tarmoqli boshqarish usuli va algoritmi «Navoiyazot» AJda joriy qilingan («O’zkimyosanoat» AJ ning 2020 yil 21 dekabrdagi № 14-5014-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonni boshqarish sifati yaxshilash imnonini bergan;
kimyoviy reaksiya davomida reagentlarning konsentratsiyalarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini imitatsiyalovchi va shu orqali o‘qitish tanlanmalarini yaratish imkonini beradigan dasturiy ta’minot «Navoiyazot» AJda joriy qilingan («O’zkimyosanoat» AJ ning 2020 yil 21 dekabrdagi № 14-5014-son ma’lumotnomasi). Natijada, 0,5 % energiya tejamkorlikka erishish imkonini bergan;
komponentlarning agregatda bo‘lish vaqtiga ko‘ra konsentratsiyaning o‘zgarish funksiyasidan foydalanib, azot kislotasining massaviy sarfini aniqlash «Navoiyazot» AJda joriy qilingan («O’zkimyosanoat» AJ ning 2020 yil 21 dekabrdagi № 14-5014-son ma’lumotnomasi). Natijada, azot kislotasining massaviy sarfini aniqlash ishonchliligi ortishiga imkon bergan.