Suyunova Zulfiya Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Golshtin zotli sigirlarining sut mahsuldorligini etologik ko‘rsatkichlarga bog‘liqligi”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Qx684.
Ilmiy rahbar: Amirov Shavkat Kuzibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusniddinovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand vohasi sharoitida Germaniya seleksiyasiga mansub I tug‘imdagi sigirlarning sut mahsuldorligi va ayrim biologik xususiyatlarining etologik faollik tipiga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati sharoitida Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlarning fe’l-atvori bo‘yicha o‘ta faol, o‘rta faol va sust faol bo‘lgan etologik xususiyatlari aniqlangan;
Golshtin zotli sigirlarda elinning asosiy o‘lchamlari sersut sigirlar uchun xos bo‘lishi, elinning funksional ko‘rsatkichlari - sut berish tezligi hamda laktatsiyaning kechish xususiyatlari - laktatsiyadagi sut mahsuldorligi o‘rta faol va sust faol tipdagi sigirlarga nisbatan o‘ta faol tipdagi sigirlarda yuqoriligi etologik faollik tiplariga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan; 
Golshtin zotli sigirlarning tirik vazni, sut miqdori, sut yog‘i, sut oqsili miqdorlari o‘rta faol va sust faol tipdagi sigirlarga nisbatan o‘ta faol tipdagi sigirlarda ozuqalarni iste’mol qilish darajasining yuqori bo‘lishi etologik faollik tiplariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
Golshtin zotli sigirlarning iste’mol qilgan ozuqani sut bilan qoplash darajasi pushtdorligi, issiqlikka chidamliligi, klinik va gematologik ko‘rsatkichlari hisobiga o‘rta faol va sust faol tipdagi sigirlarga nisbatan o‘ta faol tipdagi sigirlarda yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Golshtin zotli sigirlarining sut mahsuldorligini etologik ko‘rsatkichlarga bog‘liqligi yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Germaniya seleksiyasiga mansub birinchi tug‘imdagi sigirlarni etologik faollik tiplariga ajratish hamda xo‘jalikda o‘ta faol va o‘rta faol tipdagi sigirlardan podani takror ishlab chiqarishda foydalanish usuli Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Chortut” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 02 fevraldagi 02/23-63-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlardan sut sog‘ib olish bo‘yicha sof foyda o‘ta faol tipga mansub sigirlar o‘rta va sust faol tipdagi sigirlarga nisbatan 200 000 va 400 000 so‘mni tashkil etgan;
golshtin zotli fe’l-atvori bo‘yicha o‘ta faol va o‘rta faol sigirlardan foydalanish usullari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Karpat-ola chashmasi” MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 02 fevraldagi 02/23-63-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘ta faol va o‘rta faol tipdagi sigirlar sust faol tipdagi sigirlardan otalanish darajasi tegishlicha 24 va 20 foiz samarali bo‘lgan, xo‘jalikda ozuqalardan samarali foydalanish darajasi esa tegishlicha 5,2 va 4,1% yuqori bo‘lgan. Sigirlardan sut sog‘ib olish bo‘yicha olingan sof foyda tegishlicha bir boshdan 291 000 va 213 000 so‘m mablag‘ olishga imkoniyat yaratilgan;
Germaniya seleksiyasiga mansub birinchi tug‘imdagi sigirlarni etologik faollik tiplariga ajratish hamda xo‘jalikda o‘ta faol va o‘rta faol tipdagi sigirlardan sut ishlab chiqarishda foydalanish usullari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Toshpulatov Baxodir Jo‘raniyozovich” chorvachilik fermer xo‘jaligi joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 02 fevraldagi 02/23-63-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘ta faol tipdagi sigirlar, o‘rta va sust faol tipdagi sigirlardan 305 kunlik laktatsiyasidagi sut mahsuldorligi yuqori bo‘lib, sof foyda tegishlicha 300 000 va 224 000 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish