Karabaev Ikramjan Turaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosiy va takroriy ekinlarni etishtirishda tuproqqa ekish oldidan ishlov berish usullarini ilmiy asoslash (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.4.DSc/Qx170.
Ilmiy maslahatchi: Ravshanov A’zam Erkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan tuproqqa ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish, o‘simlik qoldiqlaridan samarali foydalanish orqali tuproq unumdorligini saqlash hamda ekinlardan mo‘l hosil etishtirishning manbatejovchi agrotexnologiyasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning «Navro‘z» va kuzgi bug‘doyning «Krasnodarskaya-99», soyaning «Yug-30», moshning «Durdona» navlari hamda makkajo‘xorining «O‘zbekiston-306 AMV» duragayini takroriy ekin sifatida parvarishlashda ekish oldidan ang‘izga 8-10 sm chuqurlikda ishlov berish hisobiga ildiz-ang‘iz qoldiqlaridan mul`cha sifatida foydalanilishi va tuproq unumdorligini oshirishi aniqlangan;
g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida erga ekish oldidan ishlov berishda yil oralatib haydash, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni ekishda texnika vositalari yordamida ishlov berish sonini 4 martaga kamaytirib, tuproq agrofizik va agrokimyoviy xossalarini yaxshilanishi aniqlangan;
ildiz-ang‘iz qoldiqlarini qoldirib, yil oralatib haydov o‘tkazish g‘o‘za, kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarning 8-10 kun erta unib chiqishini, o‘sish, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida erga ekish oldidan ishlov berishda yig‘ilgan (mul`cha) qoldiqlarni yil oralatib haydash hamda kuzgi bug‘doy va takroriy ekinlarni ekishda texnika vositalari yordamida ishlov berish sonini kamaytirib resurstejamkor agrotexnologiyasini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqqa ishlov berishning resurstejamkor agrotexnologiyasini uning unumdorligiga, asosiy va takroriy ekinlarning hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
klaster va fermer xo‘jaliklariga «G‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarni haydash agrotexnologiyasini takomillashtirish», «G‘o‘za etishtiriladigan maydonlarda begona o‘tlarga qarshi agrotexnik va kimyoviy kurash choralari» hamda «Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullaniladigan erlarda boshoqli don ekinlardan keyin takroriy ekin etishtirishning tejamkor agrotexnologiyasi» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/027-2217-son ma’lumotnomasi). Toshkent viloyatining paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklari va klasterlarda g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlashda ekish oldidan erga ishlov berishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa asosiy ishlov berishning turli usulda va chuqurliklarda o‘tkazish agrotexnologiyasi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida 344,5 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/027-2217-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy, takroriy ekin hamda g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri bo‘yicha yil oralatib shudgorlash (kuzgi bug‘doy va mosh doimiy pushtaga ekiladi, paxta maydoni shudgorlanadi) resurstejamkor agrotexnologiyasi qo‘llanilganda kuzgi bug‘doydan 50,0 s/ga, kuzgi bug‘doydan qolgan pushtaga 8-10 sm chuqurlikda kul`tivatsiya yordamida ishlov berilib, bir yo‘la takroriy ekin sifatida ekilgan moshdan 13,0 s/ga, takroriy ekindan so‘ng maydon 28-30 sm chuqurlikda kuzda shudgorlanib, kelgusi yili parvarishlangan g‘o‘zadan esa 38,0 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 20,6 % ni tashkil etgan;
kuzgi bug‘doy va takroriy ekin sifatida mosh ekinini parvarishlashda o‘tmishdosh ekinlarning qoldiqlaridan mul`cha sifatida foydalanib, tuproqni organik massa bilan boyitish agrotexnologiyasi Bekobod tumanida 230,7 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/027-2217-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy va takroriy ekinlar ekishdan oldin o‘tmishdosh ekinlarning o‘simlik qoldiqlaridan samarali foydalanish hamda erga asosiy ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga kuzgi bug‘doydan 52,3 s/ga, moshdan 12,0 s/ga, g‘o‘zadan esa 40,5 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi ekin turiga qarab 22,3 % ni tashkil etgan;
erni 28-30 sm chuqurlikda yil oralatib haydov (kuzgi bug‘doy va takroriy ekin moshni 8-10 sm chuqurlikda kul`tivator yordamida pushtaga ishlov berib, bir yo‘la ekish, g‘o‘za parvarishlash uchun maydoni shudgorlanadi) o‘tkazish texnologiyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari instituti Markaziy tajriba xo‘jaligida 78,3 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/027-2217-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy va takroriy ekinlar ekishda erga asosiy ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xususiyatlari yaxshilanib, kuzgi bug‘doydan 56,3 s/ga, moshdan 12,8 s/ga, g‘o‘zadan esa 42,5 s/ga tannarhi past hosil olinib, rentabellik darajasi ekin turiga qarab o‘rtacha 31,8 % ni tashkil etgan.