Ibragimov Baxodir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oq yangi zelandiya va ularni oq yirik quyon zoti bilan juftlashdan olingan duragaylarning biologik hamda mahsuldorlik xususiyatlari”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/Qx684.
Ilmiy rahbar: Ismailov Mirzakul Sherkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ro‘zimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Gaziev Adxam qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oq yangi zelandiya va ularni oq yirik quyon zoti bilan juftlashdan olingan duragaylarning biologik hamda mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlash asosida quyonlardan olinadigan mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda kichik quyonchilik fermalari sharoitida oq yangi zelandiya va duragay quyonlarning biologik va mahsuldorlik  xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bo‘g‘in quvvati hisobiga mahsuldorlikni oshirish yo‘llari aniqlangan;
ilk bor turli tashqi atmosfera haroratida saqlangan oq yangi zelandiya va duragay quyonlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, termoneytral haroratga nisbatan issiqlik gomeostazining o‘zgarishi, ya’ni 30 oS darajada kuchsiz gipertermiya, 40 oS etganda kuchli gipertermiya yuzaga kelishi, hovo harorati 16-23 oS bo‘lganda issiqlik gomeostazi o‘zgarmasligi aniqlangan;
oq yangi zelandiya quyonlarning onalik sifati, uning tug‘umlar bo‘yicha o‘zgarishi, bo‘g‘ozlik davri serpushtlikka bog‘liqligi aniqlanib, birinchi tug‘imdan uchinchi tug‘imgacha bo‘lgan davrda olingan avlodlar bosh soni oshib borishi bo‘yicha ona quyonlarda ijobiy, unga mos bo‘lgan bo‘g‘ozlik davr orasida esa salbiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
toza zotli oq yangi zelandiya quyonlari duragay quyonlarga qaraganda 30; 45; 60; 90 kunlik yoshida yuqori tirik vaznga ega bo‘lishi, 120 kunlik va voyaga etgan yoshida esa duragay quyonlar tirik vazni mos xolda 355,0 g va 523,0 g yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oq yangi zelandiya va ularni oq yirik quyon zoti bilan juftlashdan olingan duragaylarning biologik hamda mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
toza va duragay quyonlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mahsuldorlik potensialini oshirish usullari Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Ikrom Maxmudov” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2 fevral` 2021 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh duragay quyonlarning go‘sht mahsuldorligi o‘rtacha 2,56 kg (toza zotdan 0,31 kg og‘ir), bir dona oshlangan teri sathi 163,98 sm2 ga yirik bo‘lishi hisobiga sotish bahosi 23,0 ming so‘mni tashkil etdi. Rentabellik darajasi toza zotli quyonlarga nisbatan 27 foizga yuqori bo‘lib, jami 66,1 foizni tashkil etgan;
oq yangi zelandiya va duragay quyonlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mahsuldorlik potensialini oshirish usullari Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Aslxo‘ja Darg‘om Agro Velikan” MCHJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2 fevral` 2021 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh duragay quyonlarning go‘sht mahsuldorligi o‘rtacha 2,47 kg ni, bir dona oshlangan teri sathi 157,15 sm2 ga yirik bo‘lishi hisobiga sotish bahosi 20 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa toza zotli quyonlarga nisbatan 23,8 foizga yuqori bo‘lib, jami 62,7 foizni tashkil etgan;
sof zotli va duragay quyonlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahsuldorlik potensialini oshirish usullari Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Ochilov Murodjon Abdurohmon O‘g‘li” dehqon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2 fevral` 2021 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada duragay quyonlarning tirik vazni, so‘yim massasi yuqori bo‘lib, bir bosh hisobiga qo‘shimcha foyda 10,4 ming so‘mni hamda sof zotli quyonlarga nisbatan rentabellik darajasi 20,5 foiz yuqori bo‘lgan;
sof zotli va duragay quyonlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahsuldorlik potensialini oshirish usullari Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Fayz Azamat Yeri” dehqon xo‘jaligida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2 fevral` 2021 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada duragay quyonlarning tirik vazni, so‘yim massasi yuqori bo‘lib, bir bosh hisobiga qo‘shimcha foyda 11,2 ming so‘mni hamda sof zotli quyonlarga nisbatan 21,2 foizga rentabellik darajasi yuqori bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish