Muratov Abdushukurjon Abduqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Hafs Nasafiy “Taysir fi-t-tafsir” asarining manbashunoslik tadqiqi”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/.Isl8.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxidjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Davronbek Rustamovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent, Lutfillaev Hamidullo Murodillaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Hafs Nasafiyning “Taysir fi-t-tafsir” asarining Movarounnahr tafsirshunosligida tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Movarounnahr mufassirlarining tafsir yozish uslubini takomillashtirgan holda Abu Hafs Nasafiy “at-Taysir fi-t-tafsir” asarida Qur’onning 100 ta nomini alohida sanab, har bir suradagi so‘z va harflar sonini keltirib o‘tishi bilan tafsir ilmida o‘ziga xos uslubga asos solgani ochib berilgan;
XI asrda Movarounnahrda Qur’on ilmlarini takomillashtirish uchun yozilgan Abu Hafs Nasafiyning “Zillatu-l-qori” (“Qorining qiroatdagi xatolari”) va “al-Akmalu-l-atval” asarlarida bayon etilmagan jihatlarni batafsil yoritish maqsadida mufassir tafsir ilmida mukammal hisoblangan “at-Taysir fi-t-tafsir” asarini tasnif etgani hamda mintaqada ushbu sohaning rivojlanishiga zamin yaratgani isbotlangan;
Mintaqada kuchli ta’sirga ega moturidiylik ta’limoti qarashlarini rivojlantirish hamda Qur’ondagi aqidaviy oyatlar mazmun-mohiyatini ochib berishda mufassir uchun lozim bo‘lgan barcha ilmlarni mukammal egallagan Abu Hafs Nasafiy oyatlarni mo‘’tadillik asosida sharhlab, mutaassiblik va turli noto‘g‘ri talqinlarning oldini olgani, shu bilan birga, tafsirda ilgari surilgan qarashlar bugungi globallashgan va turli g‘oyaviy tahdidlar avj olib borayotgan davrga ham munosib echim bo‘la olishi asoslangan;
Dunyo fondlaridagi qo‘lyozma nusxalarni tadqiq qilish orqali olingan xulosaga ko‘ra, Abu Hafs Nasafiyning islom ilmlari, xususan fiqh, aqida, tafsir, hadis, balog‘at, tasavvufga doir yozgan barcha asarlarini mazmun mohiyati muxtasar shaklda “at-Taysir fi-t-tafsir” asarida jamlagani va o‘sha davr olimlari tomonidan ham e’tirof qilingani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Abu Hafs Nasafiy “Taysir fi-t-tafsir” asarining manbashunoslik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Movarounnahr mufassirlarining tafsir yozish uslubini takomillashtirgan holda Abu Hafs Nasafiy “at-Taysir fi-t-tafsir” asarida Qur’onning 100 ta nomini alohida sanab, har bir suradagi so‘z va harflar sonini keltirib o‘tishi bilan tafsir ilmida o‘ziga xos uslubga asos solgani ochib berilgan haqidagi ilmiy yangiligidan buyurtma asosida tayyorlangan “Tafsir uslublari” nomli o‘quv darslik kitobda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 12 oktyabrdagi 5107-son ma’lumotnomasi). Natijada bu sohada yangicha qarashlar bayon qilish, xalqqa sof islom ma’rifatini etkazishda dolzarb ahamiyat kasb etgan;
XI asrda Movarounnahrda Qur’on ilmlarini takomillashtirish uchun yozilgan Abu Hafs Nasafiyning “Zillatu-l-qori” (“Qorining qiroatdagi xatolari”) va “al-Akmalu-l-atval” asarlarida bayon etilmagan jihatlarni batafsil yoritish maqsadida mufassir tafsir ilmida mukammal hisoblangan “at-Taysir fi-t-tafsir” asarini tasnif etgani hamda mintaqada ushbu sohaning rivojlanishiga zamin yaratgani haqidagi yangiligidan buyurtma asosida tayyorlangan “Qur’on qiroati va tajvid ilmi” o‘quv qullanma darslik kitobi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 13 oktyabrdagi 2008-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari, taklif va tavsiyalaridan asardagi qiroat turlari va ularning imomlar orasida o‘qilishi haqidagi ilmiy xulosalardan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan;
Mintaqada kuchli ta’sirga ega moturidiylik ta’limoti qarashlarini rivojlantirish hamda Qur’ondagi aqidaviy oyatlar mazmun-mohiyatini ochib berishda mufassir uchun lozim bo‘lgan barcha ilmlarni mukammal egallagan Abu Hafs Nasafiy oyatlarni mo‘’tadillik asosida sharhlab, mutaassiblik va turli noto‘g‘ri talqinlarning oldini olgani, shu bilan birga, tafsirda ilgari surilgan qarashlar bugungi globallashgan va turli g‘oyaviy tahdidlar avj olib borayotgan davrga ham munosib echim bo‘la olishi haqidagi ma’lumotlardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Movarounnahrda Moturidiya kalom ilmi maktabi” nomli kitobda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 12 oktyabrdagi 02/297-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ongini turli yot g‘oyalar bilan to‘ldirishga qaratilgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlarini ajdodlar ilmiy merosi asosida bartaraf etishda muhim o‘rin egallagan;
Dunyo fondlaridagi qo‘lyozma nusxalarni tadqiq qilish orqali olingan xulosaga ko‘ra, Abu Hafs Nasafiyning islom ilmlari, xususan fiqh, aqida, tafsir, hadis, balog‘at, tasavvufga doir yozgan barcha asarlarini mazmun mohiyati muxtasar shaklda “at-Taysir fi-t-tafsir” asarida jamlagani va o‘sha davr olimlari tomonidan ham e’tirof qilingani ochib berilgan haqidagi ilmiy yangiligidan buyurtma asosida tayyorlangan “Abu Muin Nasafiy hayoti va ilmiy merosi” nomli kitobni mazmunan boyitishda foydalanilgan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yil 24 iyun` 105-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tadqiqotda keltirilgan Abu Xafs Nasafiyning tafsir asari va undagi tasavvuf ilmiga doir qarashlari xulosalaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy faoliyatida keng foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish