Qosimov Mirjalol Abdug‘afforovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shamsu-l-aimma Saraxsiyning «Mabsut» asarida moliyaviy masalalar”, 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/ Isl11. 
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilxomjon Isroiljonovich tarix fanlar doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna yuridik fanlari doktori, professor, Qoriev Odil Ahmadjonovich tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shamsu-l-aimma Saraxsiyning «Mabsut» asarida keltirilgan moliyaviy masalalarga oid fatvolarning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Shamsu-l-aimma Saraxsiyning «Mabsut» asarida ilk bora qo‘llangan fiqhiy qoidalarga binoan shartnomalarda ehtiyot tomonni olish, nizoga olib keluvchi va noaniq shartlarga ega bitimlarni tuzmaslik lozimligi haqidagi fatvolar berilib, qonunchilikka kiritilganligi sababli savdo-sotiq munosabatlarida nizolar vujudga kelishi hamda odamlar o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga ta’sir etgani ochib berilgan; 
«Mabsut» asarida ilk qo‘llanilgan «Urf-odat ham islom tamoyillarini belgilovchi asos» va «Insonlar qo‘llagan odatlar shar’iy hujjat bo‘lib, unga amal qilish shart sanaladi» qoidalari Movarounnahrda islom savdo-sotiq masalalarida bosh tamoyillar sifatida belgilanib jamiyatining mulkiy munosabatlarga oid an’analari qabul qilinib, savdo munosabatlari yanada erkinlashuviga olib kelganligi isbotlangan;    hozirgi kunda islom moliyasining eng katta ta’qiqlaridan hisoblangan «g‘arar bitim» (shartlari aniq ko‘rsatilmagan kelishuv) birinchilar qatorida «Mabsut» asarida ta’riflanib, keyingi fiqhiy manbalarda keng joriy qilingani sababli musulmon jamoalari orasida bunday noaniq bitimlarga chek qo‘yilishiga ta’sir etganligi aniqlangan;
so‘nggi paytlarda keng qo‘llanilayotgan chek daftarchasi, elektron pul o‘tkazmalari va plastik kartalar orqali amalga oshirilayotgan moliyaviy amaliyotlar Imom Saraxsiyning asarida keltirilgan «bitoqatu-l-i’timan» (ishonch yorlig‘i) orqali savdo qilish, qarzni so‘ndirish, mahsulotlarga buyurtma berishni amalga oshirish tarzida Movarounnahrda XI asrda qo‘llangani hamda o‘sha davrda naqd pul o‘rnida maktub shaklidagi ishonch qog‘ozlarining iste’molda bo‘lgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Shamsu-l-aimma Saraxsiyning «Mabsut» asarida moliyaviy masalalar” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shamsu-l-aimma Saraxsiyning «Mabsut» asarida ilk bora qo‘llangan fiqhiy qoidalarga binoan shartnomalarda ehtiyot tomonni olish, nizoga olib keluvchi va noaniq shartlarga ega bitimlarni tuzmaslik lozimligi haqidagi fatvolar berilib, qonunchilikka kiritilganligi sababli savdo-sotiq munosabatlarida nizolar vujudga kelishi hamda odamlar o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga ta’sir etgani diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun buyurtma asosidagi «Fatvo berish asoslari» hamda «Hanafiy mazhabidagi fiqhiy kitoblar va masalalarning manbalari» qo‘llanmalariga mazmuniga singdirilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 1 fevraldagi №02-03/654 sonli xati). Natijada, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazlarida o‘qitilayotgan diniy soha xodimlari hamda akademiya talabalariga fiqh va fatvo berish asoslari fanlarini o‘qitish rivojiga muhim hissa qo‘shilgan;
«Mabsut» asarida ilk qo‘llanilgan «Urf-odat ham islom tamoyillarini belgilovchi asos» va «Insonlar qo‘llagan odatlar shar’iy hujjat bo‘lib, unga amal qilish shart sanaladi» qoidalari Movarounnahrda islom savdo-sotiq masalalarida bosh tamoyillar sifatida belgilanib, jamiyatining mulkiy munosabatlarga oid an’analari qabul qilinib, savdo munosabatlari yanada erkinlashuviga olib kelganligi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazi buyurtmasi asosida chop etilgan «Buxoro ta’lim tizimi tarixi» kitobiga mazmunan singdirilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2021 yil 22 yanvardagi 46/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamoatchilikni Buxoro madrasalarida fiqh ilmini o‘qitish tarixi, Saraxsiy merosining Buxoro ta’limidagi o‘rni, uning moliyaviy masalalarga oid fatvolari, bugungi kundagi ahamiyati bilan tanishtirishga erishilgan;
hozirgi kunda islom moliyasining eng katta ta’qiqlaridan hisoblangan «g‘arar bitim» (shartlari aniq ko‘rsatilmagan kelishuv) birinchilar qatorida «Mabsut» asarida ta’riflanib, keyingi fiqhiy manbalarda keng joriy qilingani sababli musulmon jamoalari orasida bunday noaniq bitimlarga chek qo‘yilishiga ta’sir etganligiga oid natijalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi bilan chop etilgan «Imom Buxoriy ta’rifi» kitobiga mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 18 maydagi 02/167-sonli dalolatnomasi). Natijada, Saraxsiyning fiqhiy muammolarni o‘rganishdagi uslubi hamda moliyaviy masalalardagi fatvolarini hadisshunoslik negizida tadqiq etiladigan ilmiy ishlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
so‘nggi paytlarda keng qo‘llanilayotgan chek daftarchasi, elektron pul o‘tkazmalari va plastik kartalar orqali amalga oshirilayotgan moliyaviy amaliyotlar Imom Saraxsiyning asarida keltirilgan «bitoqatu-l-i’timan» (ishonch yorlig‘i) orqali savdo qilish, qarzni so‘ndirish, mahsulotlarga buyurtma berishni amalga oshirish tarzida Movarounnahrda XI asrda qo‘llangani hamda o‘sha davrda naqd pul o‘rnida maktub shaklidagi ishonch qog‘ozlarining iste’molda bo‘lgani aniqlangani to‘g‘risidagi xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Buyuk yurt allomalari» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 yanvardagi 02-40-95-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarda Saraxsiy ilmiy merosiga doir yangi ilmiy xulosalar, «Mabsut» asaridagi moliyaviy fatvolar haqida tasavvur shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish