Mirzaaxmedov Karimullo Fazlidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Abu Hanifaning hadis ilmi taraqqiyotida tutgan o‘rni”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/ Isl7.
Ilmiy rahbar: [Uvatov Ubaydulla Murodovich], tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmirzaev Ilxomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent, Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imom Abu Hanifaning muhaddislik faoliyati va hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Hanifa yashagan davrdagi Kufa shahrida har bir talaba yigirma yoshidan boshlab hadis ilmini o‘rganishi shart bo‘lgani, ushbu an’anaga asosan Abu Hanifa ham buyuk tobein muhaddislardan 4000 ga yaqin hadis rivoyat qilgani olimning hadisga tayanib, fatvo beruvchi muhaddis sifatida shakllanishiga ta’sir etgani aniqlangan;
Hanafiylarga nisbatan qo‘llaniladigan «ahli ray» (أهل الرأي) («fikrga tayanuvchilar») iborasi ayrim muhaddis va bemazhab oqimlar talqin etganidek, aqlni ustun qo‘yuvchilar emas, dalillardan shar’iy hukmlarni chiqarib oladigan mujtahidlar ma’nosini anglatishini tushunish kerakligi Abu Hanifaning mu’tazila va xavorij oqimlariga qarshi hadislar bilan bir qatorda aqlni qo‘llash metodi orqali isbotlangan;
Abu Hanifaning «Kitob al-osor» (كتاب الآثار) va «Musnad» (مسند) asarlari o‘zida eng ishonchli fiqhiy hadislarni jamlagani, Abu Hanifaning «muhaddis» deb e’tirof etilishiga hamda turli oqimlar tomonidan «u hadisda zaif» deb aytgan tanqidlarining asossizligiga dalil bo‘lishi ochib berilgan;
Abu Hanifa haqida yozilgan tarjimai hol va manoqib manbalaridagi ma’lumotlar tadqiq qilinganda, olim boshqa buyuk muhaddislarda uchramaydigan hadisning roviysi o‘zi rivoyat qilayotgan hadisga amal qilishi, hadis roviysi avvalo, faqih bo‘lishi va hadis bir yurtgagina xoslanib qolmasligi singari 14 ta kuchli shartni belgilagani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Imom Abu Hanifaning hadis ilmi taraqqiyotida tutgan o‘rni bo‘yicha oilgan ilmiy natijalar asosida:
Abu Hanifa yashagan davrdagi Kufa shahrida har bir talaba yigirma yoshidan boshlab hadis ilmini o‘rganishi shart bo‘lgani, ushbu an’anaga asosan Abu Hanifa ham buyuk tobein muhaddislardan 4000 ga yaqin hadis rivoyat qilgani olimning hadisga tayanib, fatvo beruvchi muhaddis sifatida shakllanishiga ta’sir etgani aniqlangani to‘g‘risidagi xulosalardan buyurtma asosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy soha xodimlari uchun mo‘ljallangan “Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 3 dekabrdagi 6106-son ma’lmuotnomasi). Natijada, imom-xatib, imom noib va otinoyilarning bemazhablar g‘oyalariga nisbatan mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga erishilgan;
Hanafiylarga nisbatan qo‘llaniladigan «ahli ray» (أهل الرأي) («fikrga tayanuvchilar») iborasi ayrim muhaddis va bemazhab oqimlar talqin etganidek, aqlni ustun qo‘yuvchilar emas, dalillardan shar’iy hukmlarni chiqarib oladigan mujtahidlar ma’nosini anglatishini tushunish kerakligi Abu Hanifaning mu’tazila va xavorij oqimlariga qarshi hadislar bilan bir qatorda aqlni qo‘llash metodi orqali isbotlanganiga oid natijalaridan buyurtma asosida «Imom A’zam» kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 23 iyundagi 1366-son ma’lmuotnomasi). Natijada, yurtimiz musulmonlarining asosiy mazhabi bo‘lgan hanafiylikning ilmiy asoslarga ega ekanligini isbotlash orqali e’tiqod mustahkamligiga erishilgan;
Abu Hanifaning «Kitob al-osor» (كتاب الآثار) va «Musnad» (مسند) asarlari o‘zida eng ishonchli fiqhiy hadislarni jamlagani, Abu Hanifaning «muhaddis» deb e’tirof etilishiga hamda turli oqimlar tomonidan «u hadisda zaif» deb aytgan tanqidlarining asossizligiga dalil bo‘lishi ochib berilganiga oid natijalardan buyurtma asosida «Movarounnahr va Xuroson olimlarining hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni» kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 2 iyuldagi 134-son ma’lmuotnomasi). Natijada, jamoatchilikning hanafiy mazhabining asoschisi Imom Abu Hanifaning hayoti, ilmiy merosi hamda uning hadis ilmidagi faoliyati borasidagi bilimlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilgan;
Abu Hanifa haqida yozilgan tarjimai hol va manoqib manbalaridagi ma’lumotlar tadqiq qilinganda, olim boshqa buyuk muhaddislarda uchramaydigan hadisning roviysi o‘zi rivoyat qilayotgan hadisga amal qilishi, hadis roviysi avvalo, faqih bo‘lishi va hadis bir yurtgagina xoslanib qolmasligi singari 14 ta kuchli shartni belgilagani dalillanganiga oid natijalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi bilan chop etilgan «Buyuk imom Abu Hanifa No‘’mon» kitobiga mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 18 maydagi 02/170-sonli ma’lmuotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikni yurtimizda amal qilinadigan hanafiy mazhabi va uning dalillari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishga erishilgan.