Mardonov Salohiddin Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy komponentlar asosida ohorlangan kalava iplardan to‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish texnologiyasi”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PHD/T282
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori,  Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  mahalliy xomashyo asosidagi ohorlovchi modda optimal tarkibi hamda oxorlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish, to‘qima matolar sifatini oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta, paxta tolali tanda iplarini ohorlash uchun tabiiy kraxmal va uzxitan polimeri asosidagi oxorlovchi modda tarkibi ishlab chiqilgan;
oxorlovchi modda olish usullari, tarkibi va xususiyatlarining  shakllanishi hamda ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni maqsadli boshqarish orqali makkajo‘xori kraxmali, uzxitan va gidrolizlangan akril emul`siyasi asosida yangi tarkibli ohor olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ohorlashda tanda ipining ohor bilan qoplanishi jarayoni, uni amalga oshiruvchi muhit va vaqt omillarining ta’siri darajasini inobatga olgan holda tanda ipining ohor bilan qoplanishi koeffisienti aniqlangan;
mahalliy komponentlar bilan ohorlangan tanda iplaridan to‘qimachilik matolari ishlab chiqarishning muqobil texnologik parametrlari topilgan;
to‘qimachilik matolari uchun tanda iplari tarangligi, to‘quv dastgohi tezligi va ip uzilishlarining matematik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan, to‘qish jarayonida  yuqori iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan mato olishga erishilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tanda iplarini ohorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tanda iplarini ohorlashda suvda eruvchan akril polimerlari bilan uzxitan asosida ishlab chiqilgan yuqori samarali ohorlovchi polimer kompozisiyasi Buxoro shahridagi “DELUXE FABRIC” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 19 oktyabrdagi №04/18-2439-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanda iplari mutahkamligini 15% gacha oshirishga erishilgan;
yangi ohorlovchi kompozisiya bilan ohorlangan 18,5 teksli tanda iplari ko‘ylakbop to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi Buxoro shahridagi “ARK EKO TEXTILE” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2020 yil 19 oktyabrdagi №04/18-2439-son ma’lumotnomasi). Natijada, mato to‘qishda tanda iplarining uzilishi 15%ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
yangi ohorlovchi kompozisiya bilan ohorlangan 29,4 teksli tanda iplari diagonal to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi Buxoro shahridagi “KAMALAK ShABNAM TEKS” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 19 oktyabrdagi №04/18-2439-son ma’lumotnomasi).  Natijada, yangi tanda iplaridan foydalanib ishlab chiqarilgan kostyumbop to‘qima matolar ishqalanishga chidamliligini oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish