Yusupov Abdulaziz Abdullajanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Po‘lat mahsulotlarini eyilishga bardoshliligini siklik termik ishlov berish usulida oshirish texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1432.
Ilmiy rahbar: Berdiev Darob Muratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazonovich, texnika fanlari doktori, professor; Riskulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siklik qizdirib termik ishlov berishdagi faza va struktura o‘zgarishni ta’minlash asosida po‘latdan tayyorlangan detallarning eyilishga bardoshliligini oshirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
65G markali po‘latni dastlab uch marta siklik qizdirib ishlov berilganda α-fazaning kristallaridagi dislokatsiya zichligi yuqori darajada bo‘lishi hamda to‘liq plastinali struktura hosil bo‘lishi aniqlangan;
qizdirish sikllar soniga, haroratlariga va sovitishga bog‘liq holda 65G markali po‘latni dastlab 450-500 °S xarorat oralig‘ida uch marta siklik qizdirib ishlov berish natijasida qattiqligi yuqori darajada bo‘lishi, mustaxkamlik chegarasi o‘sishi, zarbiy qovushqoqlik qiymatini o‘zgarmasligi hamda legirlovchi elementlarning qizdirish sikllar soniga va vaqtiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan;
yuqori chastotali tok bilan dastlab siklik qizdirish va tugallangan toblash haroratini doimiy ta’minlovchi tok kuchi va kuchlanish qiymatlari aniqlangan;
turli haroratlarda siklik qizdirib termik ishlov berilganda, krisitall tuzilishdagi eng yuqori nuqsonlilik darajasi qiymati barcha termik ishlov berish haroratining siklik qizdirish vaqti 4-5 soniya oralig‘ida bo‘lgan holatga to‘g‘ri kelishi aniqlangan
dastlabki siklik qizdirib-sovitish va tugallangan induksion qizdirib toblashdan foydalanib mayda modulli shesternya tishlarining ekspluatatsiya muddatini 30-40% ga oshirish imkonini beruvchi yuqori chastotali tokda siklik qizdirib termik ishlov berishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Po‘lat mahsulotlarini eyilishga bardoshliligini siklik qizdirib termik ishlov berish usulida oshirish texnologiyasini takomillashtirish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eyilishga bardoshlilikni oshirish uchun kichik modulli mayda shesternyalarga termotsiklik termik ishlov berish texnologiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy qilingan. (“O‘zavtosanoat” AJning 09/06-25-1651-son ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyaning amaliyotda qo‘llanilishi shesternyalar tishlarining eyilishga bardoshliligini 1,2-1,3 martaga oshirish imkonini bergan;
shesternyalarga termik ishlov berish uchun toblashda yuqori chastotali toklar bilan termik ishlov berish texnologiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy qilingan. (“O‘zavtosanoat” AJning 09/06-25-1651-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasining sarfi 15-20% ga kamaygan;
metall sarfini kamaytirish uchun kichik modulli mayda shesternyalarga termotsiklik termik ishlov berishning yangi tartibi “Agregat zavodi” AJga joriy qilingan. (“O‘zavtosanoat” AJning 09/06-25-1651-son ma’lumotnomasi) Termotsiklik termik ishlov berishning mazkur rejimlarini qo‘llanilishi metall sarfini 12-15% ga kamaytirish imkonini bergan.