Ortiqov  Mironshoh Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Elektromagnit usullari asosida poezdlar harakat xavfsizlik tizimi uchun defektoskop qurilmasi”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1212
Ilmiy rahbar: Xalikov Abdulxaq Abdulxairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilhomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi elektromagnit usullar asosida poezdlar harakat xavfsizlik tizimi uchun defektoskop qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rel`s pletlaridagi defektlarni masofadan impul`sli elektromagnit qoldiq induksiya ta’sirida aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
rel`s pletlaridagi defektlarni aniqlash uchun elektromagnit impul`s signalli uzatuvchi va qabul qiluvchi datchikga ega raqamli defektoskop qurilmasi ishlab chiqilgan;
rel`s pletlaridagi defektlarni aniqlash  va nazorat qilishda elektromagnit maydon to‘lqin chuqurligini chastota o‘zgarishiga bog‘liqligi asosida elektromagnit maydon jarayonlar modeli yaratilgan;
rel`s pletlar defektoskopiyasi uchun tok amplitudalarini tartibga solish, chastota va impul`slar davomiyligini tanlash imkonini beruvchi  PIC 16F628-04/P mikrokontroller asosida boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. elektromagnit usullari asosida poezdlar harakat xavfsizlik tizimi uchun defektoskop qurilmasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rel`s payvandlashda rel`s pletlarni liniya defektoskopiyalash qurilmasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi «RSP-14» ishlab chiqarish Unitar korxonasida ishlatish va modernizatsiyalash amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 9 dekabrdagi №01/4003-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida rel`s pletlarni defektoskopiyalash qurilmasi payvand choklarini shikastlanishdan himoya qilish uchun, asosiy qism sifatida payvandlashdan oldin va undan keyin rel`s pletlarni defektoskopiyalash imkonini bergan;
rel`s pletlar, tutashmalar va strelka o‘tkazgichlardagi defektlarni aniqlash uchun harakatlanuvchi vagon-platformadagi defektoskopiya qurilmasi joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 9 dekabrdagi №01/4003-20-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida stansiyalarda poezdlar harakati xavfsizligini oshirish imkoniyati, rel`s pletlar, tutashmalar, strelka o‘tkazgichlarda paydo bo‘luvchi defektlarni aniqlash imkonini oshirishga erishilgan;
rel`s pletlar defektoskopiyasi uchun tok amplitudalarini tartibga solish, chastota va impul`slar davomiyligini tanlash uchun PIC 16F628-04/P mikrokontroller asosida boshqaruv tizimi elektr sxemasi tuzilgan va Proteus dasturiy ta’minotida modellashtirilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 9 dekabrdagi №01/4003-20-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra rel`s pletlarini defektoskopiyalash sifatini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish