Maxkamov G‘ulomjon Usmonjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mexanik ekish apparati konstruksiyasini takomillashtirish orqali piyoz urug‘ini ekish sifatini oshirish», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1994.
Ilmiy rahbar: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Rasuljon Jumabaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanik ekish apparati konstruksiyasini urug‘larni donalab hamda belgilangan me’yorlarda ekishga mo‘ljallab takomillashtirish orqali piyoz urug‘ini ekish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piyoz urug‘ini qatorlarda donalab ekadigan uyachali disk va qaytargich rolikda tashkil topgan mexanik ekish apparatining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
mexanik ekish apparatining uyachali diskida piyoz urug‘ini joylashishi uning geometrik o‘lchamlari va og‘irlik markazini inobatga olgan holda aniqlangan;
piyoz urug‘larining ekish apparati uyachali diskidan chiqib tuproqqa tushishi va tushgan urug‘larni o‘z o‘rnida qolish jarayonlarining mohiyati ochib berilgan hamda mexanik ekish appratining o‘rnatilish balandligi asoslangan;
piyoz urug‘ini donalab belgilangan me’yorlarda ekishni ta’minlash uchun mexanik ekish apparatining uyachali diskini aylanishlar soni uning geometrik va kinematik parametrlariga bog‘liq ravishda aniqlangan;
mexanik ekish apparati ishchi qismlarining maqbul parametrlari piyoz urug‘larini bir xil oraliqda yuqori aniqlikda ekish shartidan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mexanik ekish apparatini takomillashtirish orqali piyoz urug‘ini ekish sifatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mexanik ekish apparati bilan jihozlangan piyoz ekish mashinasiga dastlabki talablar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 02/023–259–son ma’lumotnomasi). Natijada, ortiqcha nihollarni yaganalashga sarflanadigan qo‘shimcha qo‘l mehnatiga barham berish hisobiga mehnat sarfi 1,5 marta kam, resurstejamkor piyoz ekish mashinasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
mexanik ekish apparati bilan jihozlangan piyoz ekish mashinasi Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 02/023–259–son ma’lumotnomasi). Natijada, piyoz ekish mashinasi qo‘llanganda mavjud mexanik ekish mashinalariga nisbatan urug‘ sarfini 40-45 foizga kamayishiga erishilgan;
mexanik ekish apparati bilan jihozlangan piyoz ekish mashinasini o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (texnik topshiriq) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 02/023–259–son ma’lumotnomasi). Natijada, piyoz urug‘ini donalab ekish uchun ekspluatatsion harajatlari 36,5 foizga kam, urug‘larni belgilangan me’yorlarda shikastlamasdan ekadigan mashinani sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.