Xasanova Nargiza Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr O‘zbekiston badiiy ta’limi tarixi va rivojining asosiy tendensiyalari» 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San17
Ilmiy rahbar: Bulatov Saidaxbor Sabitovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.  
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Dilfuza Nazrullaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Fatxullaev Ravshan Sa’dullaevich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston badiiy ta’limi tarixi va rivojining asosiy tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi va ilk o‘rta asrlar badiiy maktablar ta’limi rivojida yetakchilik qilgan jussalar qiyofasini ifodalashdagi nisbiy yorug‘-soyalar, ifodalilik vositalarining bo‘rttirilishi, obrazlardagi g‘oyaviy-diniy an’analar uyg‘unligi kabi tasviriy va badiiy vositalar ellinistik an’analar negizida shakllanganligi dalillangan; 
mamlakatimiz badiiy maktablari savodxonlik uslubiyati grek-baqtriya davrida ellinistik an’analar, kushonlar davrida yodgorliklarga ishlangan tasviriy qoidalar asosida rivojlanganligi aniqlangan;
XIX asrning so‘nggi choragi - XX asr boshlarida O‘rta Osiyo boshlang‘ich  ta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslari rasm chizishdagi chizmatasvir aniqligi, borliqni real-haqqoniy va kompozision aks ettirish, ruhiy holatni yaratish uslubiyati kabi realistik yo‘nalishlar o‘quv-badiiy ta’lim shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qilganligi aniqlangan;
XX asrning o‘rtalarida O‘zbekiston oliy akademik badiiy ta’limi tizimida vujudga kelgan ijodiy kompetensiya, voqelikni professional ifodalash, malakani oshirishga yo‘naltirilgan tendensiyalar rassomlarning realistik, avangard va konseptual san’at turlarida erkin ijod qilishlariga asos bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr O‘zbekiston badiiy ta’limi tarixi va rivojining asosiy tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qadimgi va ilk o‘rta asrlar badiiy maktablar ta’limi rivojida yetakchilik qilgan jussalar qiyofasini ifodalashdagi nisbiy yorug‘-soyalar, ifodalilik vositalarining bo‘rttirilishi, obrazlardagi g‘oyaviy-diniy an’analar uyg‘unligi kabi tasviriy va badiiy vositalar ellinistik an’analar negizida shakllanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan PZ-2014-0829151412 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 89-03-4945-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy maktablar tarixi hamda boshlang‘ich, o‘rta badiiy ta’lim tizimi tendensiyalarining tasvir haqqoniyligi xususiyatlarini shakllantirish maqsadlari ochib berilishiga erishilgan;
XIX asrning so‘nggi choragi - XX asr boshlarida O‘rta Osiyo boshlang‘ich  ta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslari rasm chizishdagi chizmatasvir aniqligi, borliqni real-haqqoniy va kompozision aks ettirish, ruhiy holatni yaratish uslubiyati kabi realistik yo‘nalishlar o‘quv-badiiy ta’lim shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan PZ-2014-0829151412 “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy loyihada “O‘quvchilarning badiiy ijodga bo‘lgan talabini o‘stirish” bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 89-03-4945-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning nazariy asoslari o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari, ularning didaktik, amaliy ko‘nikma imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bergan;
XX asrning o‘rtalarida O‘zbekiston oliy badiiy ta’limi tizimida vujudga kelgan ijodiy kompetensiya, voqelikni professional ifodalash, malakani oshirishga yo‘naltirilgan tendensiyalar rassomlarning realistik, avangard va konseptual san’at turlarida erkin ijod qilishlariga asos bo‘lganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tkazilgan “Al`ma-mater” ko‘rgazmasi konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2020 yil 27 oktyabrdagi 03-09-374-1150-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston oliy akademik badiiy ta’lim tizimida vujudga kelgan tugallangan asar yaratish ijodiy kompetensiyasiga ega bo‘lish, voqelikni professional ifodalash malakasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tendensiyalar yoritilishi va targ‘ib etilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish