Xamdamova Sitora Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyoda XIX asr oxiri XX asrning boshlarida badiiy adabiyotda falsafiy-ma’rifiy g‘oyalarning namoyon bo‘lish fenomeni», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2PhD/Fal158
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Zoyirov Erkin Xalilovich falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyo badiiy adabiyotidagi ma’rifatparvarlik g‘oyalarining falsafiy jihati va ularning yangilanayotgan islohotlardagi konstruktiv ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy adabiyotlardagi ma’rifiy falsafiy g‘oyalarning bugungi shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri “shaxs va jamiyat”, “shaxs va ijtimoiy muhit” kabi falsafiy tamoyillar asosida ochib berilgan;
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlarning adabiyot, teatr va musiqa sohasidagi faoliyatlari va yutuqlari milliy xarakter shakllanishida asos bo‘lganligi mantiqiy isbotlangan;
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy tafakkurda ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar zamonaviy demokratik jamiyat qurishda substansional asosga ega ekanligi falsafiy asoslangan;
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi mumtoz turkiy xalqlar adabiyotidagi ma’rifatchilik g‘oyalarining umuminsoniy ma’rifatchilik an’analari bilan mushtarakligi ishonarli argumentlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yaratilgan badiiy adabiyotlar mazmunini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ijtimoiy tarixiy g‘oyalarni tadqiq qilish asosida:
badiiy adabiyotlardagi ma’rifiy-falsafiy g‘oyalarning shaxs ma’naviy kamolotiga ta’sirini o‘rganishga oid fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalardan “Falsafa (qo‘llanilish sohasi) mutaxassisligi magistrantlarining professional kompetensiyasini yuksaltirishning o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish” mavzusidagi A-1-69 raqamli amaliy loyiha doirasida chop etilgan “Germenevtika” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3778-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar o‘quv qo‘llanmaning “Badiiy ijod germenevtikasi” va “Matn germenevtikasi va kognetiv germenevtikasi” kabi paragraflari mazmunini yoritishga xizmat qilgan;
milliy xarakter shakllanishi takomillashuviga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Toshkentdagi jadidchilik”, “Ma’nolar maxzani”, “Galaktikada bir kun” kabi mavzularda o‘tkazilgan tadbir ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiining 2020 yil 5 martdagi 04-13/943-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh olimlar va talabalarni kitobxonlikka keng jalb etish, badiiy asarlar mazmunini to‘laqonli o‘rganishga undash, ularning maqsadli faoliyatini tashkil etish va rag‘batlantirishga bo‘lgan faolligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy adabiyotlarda ilgari surilgan milliy mustaqillik, inson haq-huquqlari, ta’lim tizimini isloh qilish singari ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar zamonaviy demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyatiga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan O‘zMTDP Qashqadaryo viloyati Kengashining 2014-2019 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashining 2019 yil 17 dekabrdagi 02-118-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining Markaziy Osiyoda ma’rifatchilik g‘oyalarini ilgari surgan mutafakkirlar adabiyotlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qilgan;
mumtoz turkiy xalqlar adabiyotidagi ma’rifatchilik g‘oyalarining arab va fors tillarda yozilgan mumtoz adabiyotlardagi ma’rifatchilik an’analari bilan bog‘liqligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” singari eshittirishlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 10 iyuldagi O’z/R-1-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikga Markaziy Osiyo jadid mutafakkirlarining ma’rifatchilik g‘oyalari va ularning shaxs ma’naviy kamoloti uchun ahamiyatini yetkazishga xizmat qilgan.