Mirzanazarova E’tibor Yadgarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr O‘zbekiston libos dizayni: asosiy bosqichlar va rivojlanish tamoyillari», 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San20
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Alimkulova Dilzoda Rayimkulovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek libosining ijtimoiy-madaniy fenomen sifatidagi badiiy xususiyatlarini aniqlash hamda uning  rivojlanish va taraqqiyot jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo xalqlarining ilk milliy liboslari antik davrdayoq shakllana boshlaganligi va ularning ipak matodan uch va to‘rt yaproqli, kontrast rangli, handasaviy yoki zoomorf shakldagi naqshlar bilan bezatilgan dizayn echimlari kushonlar davriga mansub Ayritom, Qoratepa, Dalvarzintepa, Xolchayon kabi manzilgohlardan topilgan friz bezaklarida aks etganligi aniqlangan;  
o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning keskin kontinental iqlimidan kelib chiqib, jazirama issiq sharoitda insonning sog‘lig‘i va ishchanlik qobiliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan sun’iy mikroiqlimni yaratish maqsadida milliy liboslar bichimi keng, pastga qarab kengayib boruvchi va uzun echimda bo‘lganligi dalillangan; 
mustaqillik yillarida tasviriy san’atning avangard, op-art, minimalizm, pop-art, kinetizm kabi yo‘nalishlarining ta’siri natijasida o‘zbek libos dizayniga assimetrik bichim, illyuziya, monoxrom tusli to‘qimalardan foydalanish, ranglar kontrasti, obrazga konseptual yondoshish kabi xususiyatlar kirib kelganligi dalillangan;
an’anaviy madaniyat, xalq amaliy san’ati elementlari, milliy libos unsurlari, undagi shakl va naqsh elementlari, zardo‘zlik, paxtadan tayyorlangan gazlamalar, kashta, matolarga rang berish kabi milliy an’analarni yangi konstruktiv echimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda zamonaviy liboslar dizayni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr O‘zbekiston libos dizaynining asosiy bosqichlari va rivojlanish tamoyillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘rta Osiyo xalqlarining ilk milliy liboslari antik davrdayoq shakllana boshlaganligi va ularning ipak matodan uch va to‘rt yaproqli, kontrast rangli, handasaviy yoki zoomorf shakldagi naqshlar bilan bezatilgan dizayn echimlari kushonlar davriga mansub Ayritom, Qoratepa, Dalvarzintepa, Xolchayon kabi manzilgohlardan topilgan friz bezaklarida aks etganligi bo‘yicha ma’lumotlardan O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik muzeyi ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 05-12-08-56-son dalolatnomasi). Natijada, qadimda va o‘rta asrlarda urf bo‘lgan milliy libos tabiiy-iqlim omillari, ijtimoiy siyosiy jarayonlar, madaniy aloqalar, diniy-e’tiqodiy qarashlar tufayli yuzaga kelgan hunarmandlar faoliyati, xalq amaliy san’atining badiiy xususiyatlari, amaliy san’at an’analari milliy libosning shakllanishida muhim omil bo‘lganligi kabi ilmiy manba orqali muzey ekspozisiyasini tarixiy liboslarga oid faktalogik materiallar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga, mazmun mohiyatini ilmiy boyitish imkoniyati yaratilgan;
mustaqillik yillarida tasviriy san’atning avangard, op-art, minimalizm, pop-art, kinetizm kabi yo‘nalishlarining ta’siri natijasida o‘zbek libos dizayniga assimetrik bichim, illyuziya, monoxrom tusli to‘qimalardan foydalanish, ranglar kontrasti, obrazga konseptual yondoshish kabi xususiyatlar kirib kelganligi, shuningdek an’anaviy madaniyat, xalq amaliy san’ati elementlari, milliy libos unsurlari, undagi shakl va naqsh elementlari, zardo‘zlik, paxtadan tayyorlangan gazlamalar, kashta, matolarga rang berish kabi milliy an’analarni yangi konstruktiv echimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda yaratilgan zamonaviy liboslar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan 2019 yil 13-noyabrdagi “Inson-muhit-san’at-2019” II-Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biennalesi doirasida Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan “Ilhomimsan, beqiyos Vatanim” nomli ko‘rgazmasi ekspozisiyalarini yaratishda va konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03-09/370-1140-son dalolatnomasi). Natijada, XX asr O‘zbekiston libos dizayni maktabining boshqa tarixiy-madaniy hududlar san’ati bilan integratsion aloqalari va uslublar negizidagi o‘zaro ta’siri mavjudligi, shu bilan birga dizaynerlarning individual yondashuvga ega bo‘lganligi xususida xulosalar chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish