Ayaqulov Nurbek Abdug‘appor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlarining qiyosiy-tipologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil727.
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich pedagogika fanlari doktori, dotsent. Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi sportga oid termin va leksemalarning struktur-semantik, derivatsion, stilistik, hamda funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili sport leksikasining xalqaro sport terminosistemasi bilan hamohang bo‘lgan har ikki tilga oid sport terminologik maydoni, lisoniy shakli, definisiyasi va murakkab tuzilishi kabi lingvistik maqomlari qiyosiy-tipologik va strukturaviy metodlar orqali isbotlangan;
sport terminosistemasining ierarxik tarzda tashkil qilingan tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishida sport terminlari elementlarining o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishi language in absentia va language in praesentia tamoyillari asosida aniqlangan;
sport sohasiga oid terminologik lug‘atlarda bevosita va bilvosita “sportga xos” yaxlitlovchi sema asosida birlashgan so‘z, shakl va birikma terminlari bir termin-leksemaga tenglashtirilgan holda “xususiylik-umumiylik” va “tur-jins” tamoyiliga asosan izohlanishi lozimligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlarining sodda, qo‘shma, juft, qisqartma, ikki yoki bir nechta uzvli kabi formal-struktur belgilarini ajratish orqali ularning birikmalar, termin-leksemalar va birikma terminlar tarzida ifodalanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ingliz va o‘zbek tillarida sport terminlarining chog‘ishtirma derivatsion tamoyillarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, struktur, funksional-semantik va sintaktik usulda yasalishini ochib berish, affiksal, morfemik-morfologik modellarini ishlab chiqishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-63 «Bilim ila nur-ta’lim tizimida xorijiy (ingliz) tili yo‘nalishidagi ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘kuvchilarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan umumevropa kompetensiyalariga javob beradigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida 6-sinf o‘quvchilari (ingliz tili) uchun yaratilgan «Light Up pupil’s book» o‘kuv qo‘llanma mavzularida sport terminologiyasiga oid leksik birliklarni qo‘llash va sport diskursiga oid mavzularni yoritishda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 yanvardagi 89-03-455-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma sport terminologiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillari sport diskursida emotiv-nominativ, emotiv-assotsiativ, emotiv-ekspressiv semantik kategoriyalarni tashkil qiluvchi turli komponentli sport terminlarining berilishi, qo‘llanish chastotasiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» doirasida joriylangan (Madaniyat Vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 01-12-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan «yul xaritasi»ning istiqbolli rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda sport terminologiyasi integrativ aspektda leksik-semantik va mavzuiy guruhlarga ajratib tasniflanganligi, ingliz tili sport terminologiyasi asosida o‘zbek tilida ayni soha terminlarini tartibga solish, ikki tilli, izohli va tezaurus lug‘atlar tuzishning lingvistik tamoyillarini, uslubiy yondashuvlarini takomillashtirishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy innovatsion markazi va Britaniya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi 87-04-1622 EnSPIRE-U «English for Specific Purposes, Integrated Reforms in Uzbekistan» (Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘kitish tizimini isloh etish) loyihasida ESP (Maxsus maksadlarga yo‘naltirilgan xorijiy til)ga o‘kitish buyicha elektron lug‘at yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy innovatsion markazining 2021 yil 11 yanvardagi 10-05/05-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallaridan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha sohaviy terminlarni o‘z ichiga qamrab olgan o‘zbekcha-ruscha-inglizcha elektron lug‘atida foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan;
ingliz va o‘zbek tillari sport terminologiyasida antonimiya, sinonimiya, giper-giponimik munosabatlarning chog‘ishtirma-tipologik aspektda ochib berilishi sport terminlarini qayta nominatsiyalash va yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga doir ilmiy va isbotlangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan FZ-201908172 «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida sportga oid mavzularni yoritishda keng foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 05-15/5305-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu innovatsion loyiha doirasida yaratilgan o‘zbek tilining ta’limiy korpusi sport sohasiga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida sport terminologiyasi integrativ aspektda leksik-semantik va mavzuiy guruhlarga ajratib tasniflanganligi, ingliz tili sport terminologiyasi asosida o‘zbek tilida ayni soha terminlarini uyg‘unlashtirish, ikki tilli, izohli va tezaurus lug‘atlar tuzishning lingvistik tamoyillarini takomillashtirishga doir ilmiy va nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-Al-018 «O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘lik elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida manba sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-554-sonli ma’lumotnomasi). Natijada terminlar atov birliklarining lug‘atlardagi tavsifi, terminlarning ideografik xususiyatlari, korpus taxlili muammolari, terminlarning tarixiy taraqqiyot boskichlaridagi tadrijiy takomilini yoritishga oid materiallar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.