Kadirbekava Durdona Xikmatullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Inglizcha-o‘zbekcha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminologiyasi va uning leksikografik xususiyatlari», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil9.

Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponetlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori; Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi uzbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminlari-ning ingliz va o‘zbek tillaridagi lingvistik xususiyatlari hamda ularning leksikografiyaga oid nazariy-uslubiy jihatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor ingliz va o‘zbek tillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid terminlarning leksik-semantik xususiyatlari asosida mavzuiy guruhlari dalillab berilgan;

ingliz va o‘zbek tillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid terminlarning strukturaviy xususiyatlari ochib berilgan va har ikki tildagi terminlarning derivatsion xususiyatlari asoslab berilgan;

ingliz va o‘zbek tillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid terminlarning sinonimik va antonimik munosabatlari aniqlangan hamda tillararo o‘xshash va farqli jihatlari isbotlangan;

ingliz tili axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminologiyasi asosida o‘zbek tilida ayni soha terminlarini uyg‘unlashtirish hamda ikki tilli terminlar lug‘atini tuzishning uslubiy yondashuvi takomillashtirilgan.

III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ingliz va o‘zbek tillarida AKT terminlarining shakllanishi, rivojlanishi, derivatsion va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

leksikografiya sohasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasi, «UZDIGITAL TV» kompaniyasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborottexnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi-ning 2017 yil 1 fevraldagi 33-8/595-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi AKT sohasida lug‘atshunoslik faoliyatida, hujjatlar almashinuvidagi hato va tushun-movchiliklarning kamayishida, ma’lumot almashinuvi oshishi hisobiga mazkur sohadagi xalqaro munosabatlar tizimi samaradorligini oshirishni ta’minlashga xizmat qilgan;

AKT terminlarining inglizcha-o‘zbekcha lug‘ati «O‘zbekiston MTRK mediamarkaz» davlat unitar korxonasi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 23 fevraldagi 05-15/644-son ma’lumotnomasi). Mazkur lug‘at radio-televidenie sohasi terminshunoslik tizimini yanada takomillashtirishga va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan turli rasmiy hujjatlarni ishlab chiqishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun xizmat qilgan; 

tilshunoslik va AKT sohalarining integratsiyalashuvi natijasida ishlab chiqilgan amaliy takliflar KF2-005 «Optik axborotlarni raqamli ko‘rinishda qayta ishlash uchun nochiziqli materiallarni tadqiq etish» (2012–2016) va F4-016 «Konstruktiv R-funksiya usuli asosida optimallashtirishning ko‘p o‘lchovli chiziqli va chiziqsiz masalalarini echish usullari va vositalarini yaratish» (2012–2016) mavzularidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ijro apparati 2016 yil 16 noyabrdagi FTK-0313/801-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tilshunoslik va axborot texnologiyalari sohalarida kechayotgan jarayonlarni tushunishga, sohaning rivojlanishiga oid bilimlarni takomillashtirishga hamda AKT terminlarining barcha mutaxassislar uchun bir xilda tushunarli bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish