Inamov Aziz Nizamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «GAT dasturlari (ArcGIS) asosida er hisobini ma’lumotlar bazasida shakllantirishning avtomatlashgan tizimini modullashtirish (Jizzax viloyati misolida)», 06.01.10–Er tuzish, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2030.
Ilmiy rahbar: Abdullaev To‘lqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019. T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sa’dulla Avezbaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ArcGIS dasturi asosida er hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish va modullashtirishning algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan er maydonlarining tuproq tasniflari (bonitet bali)ni, er kontur raqamlarini va er maydonlarining koordinata qiymatlarini sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi asosida geoma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish mexanizmi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ekin erlarini monitoring qilish usulidan foydalanib, rel`ef nishabligi (rel`ef shakllari)ni inobatga olgan holda er hisobini yuritishning navigatsion usuli ishlab chiqilgan;
python dasturlash tili asosida er maydonlarining me’yoriy qiymat ko‘rsatkichlarini avtomatlashgan usulda aniqlash va qo‘shimcha interfeyslarni yaratishning texnologik tizimi takomillashtirilgan;
er hisobini yuritishning avtomatlashgan tizimi ishlab chiqilgan, ularning tuproq kartalarini tuzish samaradorligi 70% ga oshirilgan va ArcGIS dasturida avtomatlashtirish mexanizmining moduli ishlab chiqilagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi er hisobini ma’lumotlar bazasida avtomatlashgan usulda shakllantirish va modullashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sug‘oriladigan er maydonlarining tuproq tasniflari (bonitet bali)ni, er kontur raqamlarini va er maydonlarining koordinata qiymatlarini sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi asosida geoma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish mexanizmi va er hisobini yuritishning navigatsion usuli Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 5 fevraldagi 03-05-742-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar erlarning tuproq kartalarini tezkor yaratish imkonini bergan;
python dasturlash tili asosida er maydonlarining me’yoriy qiymat ko‘rsatkichlarini avtomatlashgan usulda Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi davlat unitar korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 5 fevraldagi 03-05-742-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha er kadastrini yuritishda ma’lumotlarning tizimli yuritilishi va boshqa davlat kadastrlari ma’lumotlarini yuritishga asos bo‘lishi yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilgan;
er hisobini yuritishning avtomatlashgan tizimi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Jizzax viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga joriy qilindi (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat ko‘mitasining 2020 yil 5 fevraldagi 03-05-742-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha er hisobini yuritish va tuproq sifatidan kelib chiqib erlarning me’yoriy qiymat bahosini aniqlashda yuqori unumdorlik potensialini oshirishga imkoni bergan.