Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Logistik tizimlarda don yuklarini tashish transport jarayonlarining mul`timodal texnologiyalari», 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.DSc/T403.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/30.12.2019.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Raxmangulov Aleksandr Nel`evich, texnika fanlari doktori, dotsent; Dauseitov Ergen Balgaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: logistik tizimlarda don yuklarini tashish transport jarayonlarining mul`timodal texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don etkazib berish zanjiridagi «zaif joylar» va cheklovchi omillarni bartaraf etish usuli don terminallari va er usti transport vositalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash asosida ishlab chiqilgan;
don tashishda yuk, idish va transport vositasining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda don yuklarini mul`timodal tashishni tashkillashtirishning yangi yondashuvi ishlab chiqilgan;
don tashish mul`timodal texnologiyasini ratsional tashkilashtirish uchun don terminallari va transportning asosiy va hisobiy parametrlari ajratib olingan hamda asoslangan;
turli transport vositalarining samarali birgalikdagi harakatida Markov tasodifiy jarayonlarini qo‘llab, kiruvchi va chiquvchi yuk oqimlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda don terminallarining ishlash modellari yaratilgan; 
transport jarayonlarini boshqarish darajasini oshirish uchun miqdoriy va rejim-vaqt mezonlarini kamaytirish asosida don terminallarining ortish-tushirish uchastkalari parametrlarining maqbul qiymatlarini aniqlash ketma-ketligi ishlab chiqilgan;  
temir yo‘l transporti va yuk tashish xizmatidan foydalanuvchilarning o‘zaro samarali hamkorligini oshirish uchun Lotka-Vol`terr modelini qo‘llash asosida don terminallarining texnologik ehtiyojlarini hisobga olib, vagonlarni muvofiqlashtirilgan holda uzatish usuli ishlab chiqilgan;
donni to‘kilgan holda konteynerlarda tashish usulini joriy etish orqali eksport-import don yuklarini etkazib berishga ixtisoslashgan harakatlanuvchi tarkiblarning etishmovchiligini bartaraf qilishning texnologik echimlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Logistik tizimlarda don yuklarini tashish transport jarayonlarining mul`timodal texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
don yuklarini to‘kilgan holda universal konteynerlarda tashishning mul`timodal texnologiyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 17 dekabrdagi 01/4116-20-son ma’lumotnomasi). Natijada don tashishda transport va logistik xarajatlarni 10% dan ko‘proqqa qisqartirish xamda don yuklarini etkazib berish muddatini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l transporti korxonalarining ortish-tushirish uchastkalari parametrlarining maqbul qiymatlarini izlash usullari va instrumental vositalar  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 17 dekabrdagi 01/4116-20-son ma’lumotnomasi). Natijada yuk operatsiyalarini kutish va ortish-tushirish ishlarida vagonlarning unumdorligini oshirish, don terminallarining qayta ishlash qobiliyatini 1,07...1,15 martaga ko‘paytirishga erishilgan; 
don terminallarining texnologik ehtiyojlari bo‘yicha transport vositalarini bir maromda uzatishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2020 yil 17 dekabrdagi 01/4116-20-son ma’lumotnomasi). Natijada don yuklarini ortish yoki tushirish uchun transport vositalarini bir maromda va izchil etkazib berishni aniqlash va vagonlarni uzatishni tartibga solish  imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish