Shermuxamedova Azada Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning shakllanishi, tendensiyalari va xususiyatlari»: 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S46.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc); Ramatov Jumaniyaz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar shakllanishida muloqot resurslarini tadqiq etish va sotsiologik konsepsiya orqali mutasaddi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tarmoqlarni onlayn tarzda ta’sir ko‘rsatishda sotsio-terapevtik strategiyalari orqali raqamli jamiyatda ijtimoiy media muhitni shakllantirishi va boshqarish samaradorligi asoslangan;
ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat va san’at asarlarining targ‘ibotini irratsional tarzda singdirilishi shaxs ma’naviyatiga destruktiv ta’sir etishi asoslab berilgan;
ijtimoiy tarmoqlarda ommabop xabarlar etkazilishini ratsional tashkil etish «hissiy pragmatizm» ta’siri samaradorligini ta’minlashi hamda aholida estetik mobillikni rivojlantirilishi asoslangan;
ijtimoiy tarmoqlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini milliy madaniy muhitga muvofiqlashtirish, ularning pozitiv transformatsiyalashuvi imkoniyatlarini yaratishi va meta-ekspriment mezonlarini uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etishni kengaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning shakllanish tendensiyalari va xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy tarmoqlarni onlayn tarzda ta’sir ko‘rsatishda sotsio-terapevtik strategiyalari orqali raqamli jamiyatda ijtimoiy media muhitni shakllantirishi va boshqarish samaradorligiga oid takliflaridan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishida yoshlar uchun “Xavfsiz Internet” loyihasini ishlab chiqish hamda “Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish”, “Ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish”, “Axborot xurujlaridan himoyalanish” loyihalarini hayotga joriy etish maqsadida O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2016 yil 14 apreldagi V Plenumi 1-son qarori bilan tasdiqlangan saylovoldi dasturini amalga oshirish yuzasidan 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturini ishlab chiqishda amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 14 iyundagi 01-1/1/190-son ma’lumotnomasi.). Bu yoshlarning turli ko‘rinishdagi “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash va ularni internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanishda maqsadli dasturlar orqali ommaviy tadbirlar o‘tkazish metodikasini yaxshilashga xizmat qilgan.
ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat va san’at asarlarining targ‘ibotini irratsional tarzda singdirilishi shaxs ma’naviyatiga destruktiv ta’sir etishi asoslab berilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2019 yil 25 yanvardagi 01-04/83-sonli qarori hamda 2019 yil 18 fevraldagi 01-04/85-sonli qarori bilan “Yoshlarning bandligini ta’minlash, hayotda o‘z yo‘lini topishga qiynalayotgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq dasturi”ning 22-bandi doirasida tegishli tadbirlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Kengashining 2019 yil 12 iyundagi 02-06/853-son ma’lumotnomasi.) Bu mamlakatimiz yoshlari va ularning virtual makondagi ijtimoiylashuvida muhim ahamiyat kasb etdi.
ijtimoiy tarmoqlarda ommabop xabarlar etkazilishini ratsional tashkil etish «hissiy pragmatizm» ta’siri samaradorligini ta’minlashi hamda aholida estetik mobillikni rivojlantirilishi asoslanganligiga oid taklifidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakatimizdagi o‘rni, darajasi va sifati xalqaro standartlar darajasida ishni tashkil etish omillari hamda imkoniyatlari chuqur tahlil etishda foydalanilgan. (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 14 iyundagi 08/07-son ma’lumotnomasi.) Natijada, zamonaviy yoshlarning turli yot g‘oyalar singdirilgan axborotga duch kelishi, veb-saytlarning paydo bo‘lishi, xususan, ommaviy axborot vositalarining ta’sir doirasi kengligi va bu makonda joylashtirilgan ma’lumotlardan istalgan maqsad yo‘lida foydalanish xavfining ortib borish oldi olingan.
ijtimoiy tarmoqlarda zamonaviy axborot texnologiyalarini milliy madaniy muhitga muvofiqlashtirish, ularning pozitiv transformatsiyalashuvi imkoniyatlarini yaratishi va meta-ekspriment mezonlarini uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etishni kengaytirishi asoslanganligiga oid taklifidan «yoshlarning islohotlardagi o‘zgarishlarga tayyorligini o‘rganish va bunda ularning faolligini oshirish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish orqali ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatish»ga oid tavsiyalarda samarali foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 19 iyundagi 01-16/239-son ma’lumotnomasi.) Bu ijtimoiy tarmoqlarning ko‘p o‘lchamli paradigmalari tahliliga oid ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, uning zamonaviy tendensiyalari dinamikasini aniqlash imkonini bergan.