Siyaeva Gulnora Ashrafovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sotsiologik diskursning roli», 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/S67.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbari: Sodiqova Shohida Marhabaevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi jadal o‘zgarishlar jarayonida xalqni rozi qilishdan iborat mohiyatni ifodalovchi sotsiologik diskursning o‘rni va ahamiyatini tizimli takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«sotsiologik diskurs» hodisasini sotsiologik tahlil etish orqali uning regulyativlik (legitimlashtirish, delegitlashtirish, ijtimoiy nazorat, hokimiyat faoliyatini odamlarni rozi qilishga yo‘naltirish, ijtimoiy hamjihatlikka erishish), integratsionallashuv (ijtimoiy tabaqalararo muloqot, begonalashuvning oldini olish, agonal baholashga barham berish), aksional (ijtimoiy hayotni mobillashtirish, jarayon ishtirokchilarini faollashtirish, liderlar mas’ulligini oshirish) xususiyatlari aniqlangan;
sotsiologik diskursni qo‘llash jarayonida odamlar matn yoki ritorik salohiyatni namoyon etuvchi og‘zaki nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda guruhlararo munosabatlarda bunyodkorlikka yo‘nalgan pozitiv ruh, jamiyatda totuvlik, o‘zaro hamkorlikdagi proaktiv yondashuvni ham mustahkamlashi asoslangan;
sotsiologik diskursda xalq tili, milliy mentalitetga mos so‘z va iboralarga tayanib, muloqot olib borilishi hamda muammolar echimiga konstruktiv yondashuv kiritilishi o‘zaro tushunish muhitini yuzaga keltiruvchi mediatsiya holatidagi pragmatik muloqotni amalga oshirish imkoni ochib berilgan;
sotsiologik diskurs orqali ijtimoiy-siyosiy voqelik fakt va hodisalarini konseptuallashgan holda qabul qilinishi jamiyatda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlarning relevant anglashishiga insonlar maqsad va harakatlarining davlat siyosatiga uyg‘unlashuviga, odamlarning ijtimoiy mavqei, erudisiyasi, intellektual imkoniyatlarining jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilishi, egallangan bilimlarning inson kapitali sifatida transformatsiyalashuviga olib kelishi isbotlangan;
sotsiologik diskurs ijtimoiy-siyosiy muloqot ta’sirchanligini ta’minlash orqali aholining turmush tarzi sifatini oshirish, ularning dunyoqarashini boyitish va yuz berayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan daxldorlik munosabatini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy hayotga tadbiq etishning zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sotsiologik diskursning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«sotsiologik diskurs» tushunchasining mazmuni va ta’rifiga oydinlik kiritish orqali uning legitimlashtirish va delegitlashtirish, ijtimoiy nazorat, hokimiyat faoliyatini insoniylashtirish, ijtimoiy guruhlar doirasidagi integratsiya kabi strategik vazifalari ijtimoiy differensiatsiya, agonal va aksional vazifalari aniqlanib, sotsiologik diskurs orqali ijtimoiy muloqot turkumlari asoslanganligi haqidagi hulosalari bilan “Mahalla” teleradiokanali DUK “Mahalla” radiosi “Ijtimoiy-huquqiy” dasturlar muharriyati orqali doimiy ravishda “Muloqot vaqti” sahifasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2020 yil 7 dekabrdagi 04-115-son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiologik diskursning mazkur strategik vazifalari mamlakatimizda kuchli jamoatchilik fikrini shakllantirish, rahbarlar faoliyati unumdorligini oshirish, ularning hamkorlik qilish va jamoada ishlay olish qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan;
sotsiologik diskursni ishlatish jarayonida odamlar nafaqat matn yoki yozma nutq, balki aqliy model bo‘lgan og‘zaki nutqni ham tahlil qilishi kerakligi, bunday yondashuv odamlarning fikrlashi, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro munosabati, jamiyat rivojlanishi va yangilanishlar mazmunini anglash imkonini berish asoslanib, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2017 yil 3 yanvardagi 3-sonli buyrug‘iga asosan 2017-2020 yillar davomida “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik fikrini o‘rganishning fundamental ilmiy-amaliy asoslari” (BF-1-003) mavzuida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishlarida qo‘llanildi va tegishli ravishda Markaz faoliyatiga joriy etilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 3 iyundagi 0116/157- son ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik diskursning qo‘llanilishi jamiyatda totuvlik, o‘zaro hamkorlikdagi proaktiv yondashuvni mustahkamlanishiga hissa qo‘shgan;
sotsiologik diskursda xalq tili, milliy mentalitetga mos so‘z va iboralarga tayanib, muloqot olib borilishi hamda muammolar echimiga konstruktiv yondashuv kiritilishi o‘zaro tushunish muhitini yuzaga keltiruvchi mediatsiya holatidagi pragmatik muloqotni amalga oshirish imkoni ochib berilgan tavsiyasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018-2020 yillar davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati va barkamol rivojlangan avlodni shakllantirish” mavzusida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishi doirasida (PZ-20170922128) talabalar, professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 89-03-4844-son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiologik diskurs mamlakatimizda xalq bilan muloqot olib borish, muammolarni hal qilishda hamjihatlik bilan faoliyat yuritish, o‘zgarayotgan voqelik mazmunini chuqur tahlil qilishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan;
sotsiologik diskurs ijtimoiy-siyosiy muloqot ta’sirchanligini ta’minlash orqali aholining turmush tarzi sifatini oshirish, ularning dunyoqarashini boyitish va yuz berayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan daxldorlik munosabatini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy hayotga tadbiq etishning zarurati ilmiy asoslangan tavsiyasidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2017 yil 3 yanvardagi 3-sonli burug‘iga asosan 2017-2020 yillar davomida “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik fikrini o‘rganishning fundamental ilmiy-amaliy asoslari” (BF-1-003) mavzuida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 3 iyundagi 0116 /157-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanilishi amaliy tadqiqotning institutsional muassasalar bitiruvchilarini ijtimoiy himoya qilish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan qismini boyitish imkonini bergan;
sotsiologik diskurs orqali ijtimoiy-siyosiy voqelik fakt va hodisalarini konseptuallashgan holda qabul qilinishi jamiyatda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlarning relevant anglashishiga, insonlar maqsad va harakatlarining davlat siyosatiga uyg‘unlashuviga, odamlarning ijtimoiy mavqei, erudisiyasi, intellektual imkoniyatlarining jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilishi, egallangan bilimlarning inson kapitali sifatida transformatsiyalashuviga olib kelishi haqidagi fikrlarni taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 12-13 dekabrda Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun 23-25- dekabr` kunlari Bog‘ot va Shovot tumanlari hamda Xiva shahrida tashkil etilgan seminar –treningda “Aholi bilan samarali muloqot qilish texnologiyalari” mavzusida trening olib borgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Xorazm viloyat boshqarmasining 2020 yil 29 dekabrdagi 01-5187-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni qo‘llash orqali xalq bilan muloqot qilishda sotsiologik diskursning ijtimoiy xususiyatlarini chuqurroq anglab etish, aholi ongiga ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan jarayonlarning mazmunini to‘g‘ri anglashga erishilgan.