Ilxamova Dilfuza Ilyasovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalar reabilitatsiyasining psixosotsial determinantlari”, 19.00.04 - Tibbiy va maxsus psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Psi2.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent; Mamatova Nodira Muxtarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kadirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Toshkent Tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalar reabilitatsiyasining psixosotsial determinantlarini empirik jihatdan asoslash hamda psixologik yordam ko‘rsatishni uslubiy-amaliy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini o‘zi baholash tizimining pasayishi, xavotirlanish va qo‘rquvning yuqori darajasi, kasallikka munosabatning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlari, kognitiv soha o‘zgarishlari va shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalar reabilitatsiyasining psixosotsial determinantlari sifatida aniqlangan;
kasalliklar oqibatidan qo‘rqish va xavotirlanish, kelajakka bo‘lgan ishonchsizlik, o‘lim qo‘rquvi va boshqa shu kabi psixoemotsional holat buzilishlari natijasida bemor bolalarda, ayniqsa 11-12 yoshli bolalarda irodasizlik, yordamga muhtojlik, qaysarlikning kuchayib borishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit bilan xastalangan bolalarda himoyalanmaganlik hissi, yuqori xavotirlanish, agressivlik, nizoga moyillik, depressivlik aniqlangan holda, bu kasallikning jigar sirroziga o‘tishi bolalardagi mazkur psixologik holatlarni yanada kuchayishiga olib kelishi, yurak xastaligiga chalingan bemorlarda esa boshqa nozologik guruhdagi bolalarga nisbatan xavotirlanishning yuqori darajasi, o‘zgalar bilan muomalaga qiyinchilik bilan kirishish va etishmovchilik kompleksi kuzatilishi asoslab berilgan;
gastroduodenal patologiya, surunkali virusli gepatit, jigar sirrozi, bosh miya falaji bilan xastalangan bolalarda uchraydigan psixoemotsional holatlar buzilishlari korreksiyasining ilk davridan boshlab artterapiya, musiqaterapiya va raqs-harakat terapiyaning qo‘llanilishi samarali ekanligi asoslangan;
surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasi ijobiy natijasini ta’minlashda ota-onalar, pedagog va shifokorlarni bolalarda kasallik sharoitida yuz beradigan psixoemotsional holat o‘zgarishlari, bilish jarayonlari buzilishlari haqidagi bilimlardan xabardor qilish, shifokor, psixolog va defektolog hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalar reabilitatsiyasining psixosotsial determinantlarini o‘rganish asosida:
o‘zini o‘zi baholash tizimining pasayishi, xavotirlanish va qo‘rquvning yuqori darajasi, kasallikka munosabatning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlari, kognitiv soha o‘zgarishlari va shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy Markazining surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalarni davolash jarayonida qo‘llanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/204-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalarni kompleks davolash samaradorligi ortgan;
kasalliklar oqibatidan qo‘rqish va xavotirlanish, kelajakka bo‘lgan ishonchsizlik, o‘lim qo‘rquvi va boshqa shu kabi psixoemotsional holat buzilishlari natijasida bemor bolalarda, ayniqsa 11-12 yoshli bolalarda irodasizlik, yordamga muhtojlik, qaysarlikning kuchayib borishi aniqlanganligiga doir ma’lumotlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar psixologik yordam ko‘rsatuvchi psixodiagnostik/korreksion dastur doirasida Respublika pediatriya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy Markazi faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/204-son ma’lumotnomasi). Natijada bu bolalarda yuqori darajali xavotirlanish, qo‘rquv kabi emotsional soha buzilishlari, kognitiv jarayondagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
surunkali virusli gepatit bilan xastalangan bolalarda himoyalanmaganlik hissi, yuqori xavotirlanish, agressivlik, nizoga moyillik, depressivlik aniqlangan holda, bu kasallikning jigar sirroziga o‘tishi bolalardagi mazkur psixologik holatlarni yanada kuchayishiga olib kelishi, yurak xastaligiga chalingan bemorlarda esa boshqa nozologik guruhdagi bolalarga nisbatan xavotirlanishning yuqori darajasi, o‘zgalar bilan muomalaga qiyinchilik bilan kirishish va etishmovchilik kompleksi kuzatilishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi Markazining salomatligi cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotiga Markazning 2019 yil 26 noyabrdagi 48-son buyrug‘i asosida joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 30 nobyardagi 01/242-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar salomatligi cheklangan bolalar bilan psixologik va ijtimoiy-psixologik yordam tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
gastroduodenal patologiya, surunkali virusli gepatit, jigar sirrozi, bosh miya falaji bilan xastalangan bolalarda uchraydigan psixoemotsional holatlar buzilishlari korreksiyasining ilk davridan boshlab artterapiya, musiqaterapiya va raqs-harakat terapiyaning qo‘llanilishi samarali ekanligiga oid ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazi faoliyatida Markazga murojaat qilgan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarga Markazning 2019 yil 26 noyabrdagi 48-son buyrug‘i asosida ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotiga singdirilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 30 noyabrdagi 01/242-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar salomatligi cheklangan bolalar bilan ish olib boruvchi psixolog-mutaxassislarda amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qildi.
surunkali somatik kasalliklar bilan xastalangan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasi ijobiy natijasini ta’minlashda ota-onalar, pedagog va shifokorlarni bolalarda kasallik sharoitida yuz beradigan psixoemotsional holat o‘zgarishlari, bilish jarayonlari buzilishlari haqidagi bilimlardan xabardor qilish, shifokor, psixolog va defektolog hamkorligini yo‘lga qo‘yish zarurati bo‘yicha amaliy tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazi faoliyatida Markazga murojaat qilgan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarga Markazning 2019 yil 26 noyabrdagi 48-son buyrug‘i asosida ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotiga singdirilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazining 2020 yil 30 noyabrdagi 01/242-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga psixologik xizmat ko‘rsatishning metodik ta’minlanganlik darajasini yaxshilash imkonini bergan.