Madaliev Abdulla Axmedovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13-Menejment, 08.00.10-Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt265.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson omilini boshqarishning innovatsion “elektron boshqaruv” konstruksion modeli me’yoriy vaqt omili va moddiy-texnik resurslar sarf-harajatlarini minimallashtirishni ustuvor darajada e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan.
korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini asoslashning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat resurslarining inson taraqqiyoti indeksi darajasini baholash uslubiyati ish o‘rinlarini zamonaviylashtirini ustuvor darajada e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
iqtisodiyotning real sektorida innovatsion-industriyaviy faollik, sifat va miqdor o‘zgarishlarini inson taraqqiyoti indeksini baholashning  funksional modeli maqsadli prametrlar va bazaviy darajalarning ko‘p variantliligi asosida takomillashtirilgan;  
boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish konsepsiyasi doirasida inson omilining yaxlit holatdagi tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi, inson omili faollik darajasini baholash standart-tashxis mezonlari tavsiya qilingan;
inson omilining faollik darajasini inson kapitaliga yo‘naltirilgan investisiya qaytim normasi asosida inson resurslarini boshqarish mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish va inson taraqqiyoti indeksini baholash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
inson omilini boshqarishning innovatsion “elektron boshqaruv” konstruksion modelining takomillashtirilgan varianti “O‘zeltexsanoat” va “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyatning 2016 yil 23 noyabrdagi 09-1694-son hamda “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 13 apreldagi 03-03/02-434-son ma’lumotnomalari). Natijada, ishni me’yoriy vaqtga nisbatan bajarilishi, inson resurslari, moddiy-texnik resurslar xarajatlarini minimallashtirish evaziga tannarx 0,5 foizga kamaygan. 
korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini asoslash-ning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat resurslarining inson taraqqiyoti indeksi darajasida baholash uslubiyati ishlab chiqarishda ish o‘rinlarini zamonaviylashtirini e’tiborga olish taklifi “O‘zeltexsanoat” va “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan boshqaruvda inson kapitalidan samarali foydalanish uchun qabul qilingan (“O‘zeltexsanoat” AJning 2016 yil 23 noyabrdagi 09-1694-son (“O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 13 apreldagi 03-03/02-434-son ma’lumotnomalari). Ushbu mezonlarni amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarishda inson omilining miqdor va sifat yo‘nalishlari bo‘yicha darajasi 1,0 foizga o‘sgan. Inson omili faolligining bazaviy miqdori 76,0 foizdan 77,0 foizga ortgan. 
innovatsion-industriyaviy faollik, sifat va miqdor o‘zgarishlarni inson taraqqiyoti indeksini baholashning  funksional modeli maqsadli prametrlar va bazaviy darajalarning ko‘p variantliligi asosida baholash taklifi “O‘zeltexsanoat” va “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” AJning 2016 yil 23 noyabrdagi 09-1694-son hamda“O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 13 apreldagi 03-03/02-434-son ma’lumotnomalari). Natijada ishlab chiqarishda inson omilining miqdor va sifat yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy darajasiga nisbatan 1,0 foizga o‘sish kuzatilgan.
boshqaruv tizimida inson omilini faollashtirish konsepsiyasi doirasida inson omilining yaxlit holatdagi tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi, inson omili faollik darajasini baholash standart-tashxis mezonlari bo‘yicha taklifi “O‘zeltexsanoat” va “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan boshqaruvda inson kapitalidan samarali foydalanish uchun qabul qilingan (“O‘zeltexsanoat” AJning 2016 yil 23 noyabrdagi 09-1694-son hamda“O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 13 apreldagi 03-03/02-434-son ma’lumotnomalari). Natijada kompaniyalardagi inson omilining faollik darajasi 0,2 foizga oshishiga shart-sharoit yaratilgan;
inson omilining faollik darajasini inson kapitaliga yo‘naltirilgan investisiya qaytim normasi asosida inson resurslarini boshqarish mexanizmi “O‘zeltexsanoat” va “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan boshqaruv jarayonida foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” AJning 2016 yil 23 noyabrdagi 09-1694-son hamda “O‘zagromashservis” aksiyadorlik jamiyatning 2018 yil 13 apreldagi 03-03/02-434-son ma’lumotnomalari). Taklifning joriy qilinishi natijasida inson omili faolligining koeffisienti 0,769 darajaga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish