Eshdavlatov Orif Zokirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida mahalliy populyasiyadagi asalarilarning qishlov davridagi chidamliligini oshirish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya; chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx482.
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Daniyarov Umirzoq Tuxtamurodovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Qaxramonov Boymaxmat Abdiazizovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida mahalliy populyasiyadagi asalarilarning qishlov davrida chidamliligini oshirish usullarini takomillashtirish va ushbu davrda mahsuldorligini oshirish omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning o‘ziga hos iqlim sharoitida mahalliy populyasiyadagi asalari oilalarini qishlov davrida chidamliligini oshirish maqsadida Dadan tipidagi 12 ramka va 16, 20 ramkali yotiq qutilarda saqlanganligi sababli qishdan talofatsiz chiqishi isbotlangan;
asalari oilalari oziqasiga maysali bug‘doy (sumalak) suvi qo‘shib berilganda oziqa tarkibidagi uglevod, yog‘ va oqsillarni hazmlovchi fermentlar faoliyati yaxshilanganligi hisobiga najas miqdorining kamayishi, asalarilarni qishlovga chidamliligi 15-20% ga oshishi isbotlangan;
qishlovdan oldin asalarilarni oziqasiga maysali bug‘doy (sumalak) suvi qo‘shib oziqlantirish natijasida asalarilar organizmida qishlov uchun zarur bo‘ladigan yog‘ miqdori 181,9% ga oshishi isbotlangan.
asalari oilalari 16 ramkali yotiq qutilardagi eski ramkalarda qishlovga tayyorlanganda eski qutilarda yuqumli nozematoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Nozema apis zamburug‘ sporalari ko‘pligi sababli asalarilarning kasallanishi 23,5% gacha ortishi, 20 ramkali yotiq qutilarda yangi ramkalarda qishlovga tayyorlanganda esa kasallanish 1,4% ga kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoitida mahalliy populyasiyadagi asalarilarning qishlov davrida chidamliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyati Parkent tumani “Toshkent Bee Agro” asalarichilik oilaviy korxonasida yangi mum katakli ramkalarda qishlatish joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 29 dekabr` 2020 yildagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi har bir asalari oilasidan o‘rtacha 3,4 kg. gacha ko‘p asal olingan;
asalari oilasini qishlovga chidamliligini oshirishda maysali bug‘doy (sumalak) suvini berish bo‘yicha takliflar “G‘ulomxo‘ja asalchiligi” fermer xo‘jaligida (Toshkent viloyati Toshkent tumani Xasanboy Q.F.Y Kensoy hududi) amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 29 dekabr` 2020 yildagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhida o‘rtacha 5,8 kg gacha ko‘p asal olingan;
Toshkent viloyati Qibray tumani “Artiqovlar” asalarichilikka ixtisoslashgan dexqon xo‘jaligida asalari qishlovini tashkil etishda 20 ramkali asalari qutilaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 29 dekabr` 2020 yildagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida har bir asalari oilasidan 28,9 kg asal, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi asalari oilalaridan 4,4 kg.gacha ko‘p asal olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish