Niyazova Naima Abdullajanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped741
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich–pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhitida talabalarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda uzluksiz kasbiy rivojlanish bosqichlari arxitektonikasi o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik va kreativlik kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarga qo‘yiladigan pedagogik va kompetensiyaviy talablarni uzviylashtirish orqali aniqlashtirilgan;
“OTM-Professional ta’lim” ijtimoiy hamkorligida tashkil etilgan dual ta’lim tizimida talabalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga mo‘ljallangan virtual simulyasion trenajerlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqish orqali amaliy kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida amaliy faoliyat maqsadlarini raqobatbardoshlik kontekstida navigatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan o‘quv va pedagogik amaliyot bosqichlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan o‘qitish shakllarini axborotlashtirish orqali pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksivlik kabi kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda vitagen (amaliy faoliyat tajribasi) parametrlarini masofaviy shaklda kompleks va avtomatik baholash bosqichlari modulli va tizimli yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integratsiyalashgan axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“kasb ta’limi” ta’lim yo‘nalishi talabalarini integratsiyalashgan “OTM-Professional ta’lim” axborot-ta’lim muhitida o‘quv va pedagogik amaliyot bosqichlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan o‘qitish shakllarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyruq, №418-362 raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshishiga va kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiladi;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini elektron ta’lim resurslari, ta’lim portallari va dasturlash tillaridan foydalanib o‘quv va pedagogik amaliyot bosqichlarini qamrab oluvchi integratsiyalashgan o‘qitish shakllarini talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda foydalanilgan va Namangan muhandislik-qurilish instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 oktyabr` 89-03-4260-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qiladi;
integratsiyalashgan “OTM-Professional ta’lim” axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim, elektron ta’lim resurslari, ta’lim portallari veb dasturlash asosida talabalarning pedagogik kasbiy kompetensiyalari shakllantirilgan hamda masofaviy shaklda kompleks va avtomatik baholash bosqichlari ta’lim jarayoniga joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan, talabalar “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasi doirasidagi Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sanoat korxonalarining talablari asosida “Energetika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va o‘quv jarayonini optimallashtirish” nomli ilmiy loyihaga jalb etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 03-09-253-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan elektron ta’lim resurslari va dasturiy mahsulotlar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini pedagogik kasbiy faoliyatiga tayyorlashga va pedagogik tajriba-sinov natijalarining sifat darajasini oshishiga xizmat qiladi.