Namozov Bobir Bahrievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Porso tasavvufiy ta’limotining falsafiy asoslari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fal18  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shaxnoza Omonulaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch  davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muhammad Porso tasavvufiy ta’limotining falsafiy asoslarini «Faslul-xitob», «Tahqiqot», «Risolai qudsiya» asarlari asosida har tomonlama tahlili, falsafa tarixidagi ahamiyatini va uning boshqa tasavvufiy ta’limotlar bilan o‘xshash hamda farqli tomonlarini qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Porsoning inson tabiatdagi mavjudotlardan farqli tabiiy va ruhiy me’yor sohibi, uning kamoloti shu “me’yor”ning saqlanishiga bog‘liq ekanligi xususidagi “nafs haqqi va nafs nasibasi orasidagi farq”konsepsiyasi ilmiy manbalar asosida dalillangan;
Muhammad Porsoning “Tahqiqot”asarida ma’rifat, farosat, basirat, yaqin, kashf, fahm sofligi tushunchalarining falsafiy-irfoniy mohiyati boyitilganligi, bilishda “sog‘lom sezgi a’zolari” konsepsiyasi naqshbandiya tariqatining gnoseologik g‘oyalari takomillashishiga xizmat qilganligi ochib berilgan;
Muhammad Porso “Faslul-xitob” asarida ilgari surgan “Tavhid ilmi” konsepsiyasi tasavvuf ta’limoti va falsafa tarixida mutlaq haqiqatni anglashning o‘zaro dialektik ildizlariga ega borliqning birligi va xilma-xilligi g‘oyasiga transformatsiyalanishuvi mantiqiy argumentlash vositasida asoslangan;
Muhammad Porsoning inson borlig‘i barqarorligi (tamkin) shaxs ma’naviy (ruh, nafs, qalb tarbiyasi), xulq-atvor go‘zalligiga (husni xulq g‘oyasi) bog‘liqligi hamda inson mohiyati xususidagi tasavvufiy qarashlari falsafiy ta’limotlarning ontologik va antropologik xususiyatlari bilan o‘zaro ta’sirda ekanligi falsafiy tezislari asosida dalillangan;
Muhammad Porsoning “Faslul-xitob” va “Risolai qudsiya” asarlaridagi haq ma’rifati, hikmat, ilm va mukammal axloq-axloqi avsat (o‘rtacha axloq) singari ma’rifatga undovchi komillik mezonlari haqidagi  g‘oyalari islom dini niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan buzg‘unchi ekstremistik oqimlarga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Porso tasavvufiy ta’limotining falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
inson olamdagi mavjudotlardan farqli tabiiy va ruhiy me’yor sohibi ekanligi, uning kamoloti shu me’yorning saqlanishiga bog‘liqligi, har bir insonning jismi, ruhi, nafsi, qalbida ham tafovutlar borligi, shuning uchun inson o‘z nafsini tanishi, nafsining talablarini bilishi va uni me’yorda saqlashi muhim ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan “Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari” mavzusidagi A-1-163 raqamli amaliy loyiha ijrosida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihaning samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
bilishda sog‘lom sezgi a’zolari konsepsiyasi va ma’rifat, farosat, yaqin, kashf, basirat diqqat, fahm sofligi tushunchalariga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan Buxoro Mir Arab Oliy madrasasi yuqori kurs talabalari uchun «Tasavvuf saboqlari» o‘quv qo‘llanmasini, shuningdek Buxorodagi Etti Pir tarixiga oid eksponatlar va stendlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2020 yil 9 yanvardagi 150-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tasavvuf nazariyasi, uning ilm hikmat va ma’rifatga asoslangan g‘oyalari ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirishga hamda falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan;
Muhammad Porso tasavvufiy-falsafiy ta’limoti tahlili, «Tavhid ilmi» konsepsiyasining tasavvuf va falsafada mutlaq haqiqatni anglashning o‘zaro dialektik ildizlariga ega borliqning birligi va xilma-xilligi g‘oyasiga transformatsiyalashishi masalasiga doir ilmiy-nazariyxulosalari, taklif va tavsiyalaridanO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2021 yil 31 martdagi 217/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar ongida mintaqamizga xos tasavvuf ta’limotlarining jamiyat ma’naviy hayotidagi ta’siri va turli mutaassib diniy guruhlarning g‘oyalariga qarshi kurashuvchi mo‘’tadil ta’limot ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
inson borlig‘i barqarorligi nafs haqqi (me’yor), nafs tarbiyasi hamda xulq-atvor go‘zalligiga bog‘liqligi xususidagi tasavvufiy-falsafiy qarashlariga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan «Demokratik islohotlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari» mavzusidagi A-1-163 raqamli amaliy loyihaning «Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi» deb nomlangan bobida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-56-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ruhiy, ma’naviy olamini boyitishga, mafkuraviy immunitetini oshirishga, me’yoriy hissiy holatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
Muhammad Porso ilmiy merosi, mukammal axloq, ma’rifat nazariyasiga oid gnoseologik masalalariga, shuningdek, hadis, tafsir, kalom, tasavvuf ta’limotiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridanImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziningPorso kutubxonasiga doir qo‘lyozmalar katalogini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 8 yanvardagi 02/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodda islom dini va tasavvuf to‘g‘risida, islom dini niqobi ostidagi buzg‘unchi diniy-ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish