Juraev Sanjar Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meliorativ nasos stansiya suv qabul qilish inshootining yangi konstruksiyasini tadqiq qilish”, 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T832.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Muradulla Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Dilshod Rayimovich texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Baxtiyar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti”. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalar suv qabul qilish inshootlarida loyqa cho‘kmalarini tozalashning yangi, samarali qurilmasini ishlab chiqish va uning texnik, gidravlik, energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyalaridagi loyqa cho‘kmalarni gidrooqimchali nasos bilan bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atib hamda so‘rib ketadigan suv qabul qilish inshootining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
gidrooqimchali nasosning «napor – suv sarfi» xarakteristikasini aniqlash usuli oqimning impul`s kuchlari va harakat miqdorini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
suv qabul qilish inshotidagi loyqa cho‘kmalarini gidrooqimchali nasos yordamida nasos stansiyaning bosim quvuri orqali yuqori b`efga chiqarish usuli nasos agregati suv berish unumdorligining dastlab kamayishi va pastki b`efdan so‘rilayotgan gidroaralashma bilan qo‘shilgandan so‘ng ortishi asosida ishlab chiqilgan;
nasos agregati bilan gidrooqimchali nasosning birgalikdagi ish rejimini aniqlash usuli nasoslarning parallel ishlash shartini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Meliorativ nasos stansiyalar suv qabul qilish inshootining yangi konstruksiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalari suv qabul qilish inshootining loyqa cho‘kmalarini gidrooqimchali nasos bilan tozalash qurilmasining energiya tejamkor konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Suv qabul qilish inshooti» №FAP 00938 – 2014 y.). Natijada nasos stansiyasi suv qabul qilish inshooti tubida loyqa cho‘kishining oldini olish va agregatlarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
nasos agregati bilan gidrooqimchali nasosning birgalikdagi ish rejimini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 04/20-3986-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi suv qabul qilish inshootini loyqa cho‘kmalaridan tozalash xarajatlari va elektr energiyasi isrofining kamayishi hisobiga har bir nasos stansiyasida yiliga 20-60 mln. so‘m tejash imkonini bergan;
gidrooqimchali nasosning «napor – suv sarfi» xarakteristikasini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 04/20-3986-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalarning ekspluatatsiya xarajatlarini 5...10 % ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish