Reymov Mamanbek Polatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orolbo‘yi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar ekotizim va xizmatlarini geoinformatsion tahlil qilish va kartalashtirish”, 11.00.07 – “Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1381.
Ilmiy rahbar: Aleksandr Fexer (Alexander Feher), PhD, professor (Nitra shaxridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori; Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar ekotizim va xizmatlarini tadqiq qilish uchun geoaxborot tizimlaridan foydalanishni barqarorlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kosmik tasvirlarni interpretatsiya qilish usuli uch dekadada  yuzalarning namlanish, cho‘llanish va tuproqlarning sho‘rlanish spektral indekslarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan va ilk bora Janubiy Orolbo‘yi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar ekotizimlarining cho‘llashishi va transformatsiyasi aniqlangan; 
normallashtirilgan vegetatsiya indeksiga qo‘shimcha ravishda yuzalarning namlanish va sho‘rlanish spektral indekslarini hisobga olgan holda «Saygachiy» majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining ilk bora 1:250 000 masshtabli  landshaftli-ekologik kartasi  yaratilgan; 
ekotizim xizmatlarini kartalashtirish usuli agrolandshaftlarga yaqin joylashgan tabiiy xududlarni muhofaza qilinadigan, buferli, iqtisodiy zonaga ko‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligi zonasiga ajratish asosida hududiy ekotizim xizmatlarining joylashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
agrolandshaftlarga yaqin joylashgan muhofaza qilinadigan hududlarning ta’minot, normativ, yashash muhiti va madaniy xizmat turlarini hisobga olgan holda ilk bora Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining 1:500 000 masshtabli ekotizim xizmatlari kartasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Geoekologik tahlil va monitoring natijalari asosida hududning 1:250 000 masshtabli landshaftli-ekologik kartasi «Saygachiy» majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 02/18-1-2314-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy ekotizimlarning transformatsiyalanish jarayonlarini geoekologik tahlil qilish va monitoringi uchun turli spektral indekslardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining ekotizim xizmatlarini kartalashtirish usuli, agrolandshaftlarga yaqin joylashgan muhofaza qilinadigan hududlarning o‘ziga xos hususiyatlarini inobatga olib ishlab chiqilgan va 1:500 000 masshtabli ekotizim xizmatlari kartasi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 02/18-1-2314-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ekotizim xizmatlari holati, turlari va miqdor ko‘rsatkichlarini monitoring qilib borish imkoniyati yaratilgan. 
Ekotizim xizmatlari tahlil natijalarini inobatga olib, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining hududiy tarkibini optimallashtirish usuli Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga joriy etilgan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 dekabrdagi 02/18-1-2314-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrolandshaftlarga tutashgan muhofaza qilinadigan hududlarning fazoviy tuzilishini optimallashtirish muammolarini hal qilishda maqsadli vazifa sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan asosiy ekotizim xizmatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish