Yarashov Javlonbek Adamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntning elastik-plastik xossalari va inshootning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustaxkamligini baholash” (Pskom suv ombori to‘g‘oni misolida), 05.09.06 – «Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi», 01.02.04–«Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2013/
Ilmiy rahbar: Sultanov Taxirjon Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xomidxon, texnika fanlari doktori, professor; Ismayilov Kupaymurot, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli to‘g‘onlarning mustahkamliklarini baholash uchun gruntni elastik-plastik xususiyatlarini, konstruktiv bir jinssizligini, real geometriyasini va suv omborni suvga to‘ldirilganlik darajasini hisobga oluvchi matematik modelini, xisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inshootning konstruktiv bir jinssizligi va gruntning elastik-plastik deformatsiyalanishini hisobga olib gruntli to‘g‘onning kuchlangan-lik deformatsiya, dinamik holatini hamda mustahkamligini baholashning matematik modeli takomillashtirilgan;
gruntning elastik-plastik deformatsiyalanishini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik deformatsiya va dinamik holatlarini baholashning hisoblash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
inshootning konstruktiv bir jinssizligi va suv omborining yarim, to‘la to‘ldirilishini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik deformatsiya holati va mustahkamligi baholangan;
gruntning elastik-plastik deformatsiyalanishini inobatga olgan xolda gruntli to‘g‘onning noturg‘un majburiy tebranishlari va tabiiy zilzila akselogrammasi ta’siridagi mustahkamligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gruntning elastik-plastik xossalari va inshootning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiyalanish holatlarini baholashning matematik modeli, hisoblash usuli «Suvloyiha» davlat unitar korxonasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/20-3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari baholash imkoniyati yaratilgan;
gruntli to‘g‘onlarning dinamik holatlarini baholashning matematik modeli, hisoblash usuli yangi loyihalanayotgan Pskom suv ombori gruntli to‘g‘oni uchun «Gidroproekt» aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/20-3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, Pskom suv ombori gruntli to‘g‘oni mustahkamligini baholash imkonini bergan;
gruntli to‘g‘onining turli dinamik kuchlar ta’siridagi noturg‘un majburiy tebranishi «Water house project» mas’uliyati cheklangan jamiyatda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/20-3509-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirda foydalanilayotgan suv omborlarining gruntli to‘g‘onlarini mustahkamlikka tekshirish imkoniyati yaratilgan.