Xamraeva Gavxar Xusanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Devik optikomieliti va tarqoq sklerozda ko‘rish a’zosi  o‘zgarishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolash», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib365.
Ilmiy rahbar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ioyleva Elena Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamadiev Raxmon Omonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «SILOAM EYE HOSPITAL» Oftal`mologik klinikasi (Seul, Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  Devik optikomieliti va tarqoq sklerozda ko‘ruv a’zosining o‘zgarishlarini erta tashxislovchi oftal`mologik markerlarni aniqlash hamda bu kasalliklarni patogenetik davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optikomielit va tarqoq sklerozda klinik jarayonning bosqichiga bog‘liqmas holda kasallikni erta o‘ziga xos belgilaridan bo‘lib to‘r parda nerv tolalari hamda ganglioz xujayralar qavati yupqalashishi ekanligi isbotlangan;
optikomielit va tarqoq skleroz sababli ko‘ruv yo‘llari bo‘ylab nerv tolalarining yupqalashishi, qisman uzilishi, fraksion anizotropiya hamda o‘lchovli diffuziya koeffisentining o‘zgarishi neyrodegenerativ jarayon rivojlanishi bilan bog‘liqligi MR-traktografiya yordamida isbotlangan;
optikomielit va tarqoq sklerozda ko‘ruv nervi mielin qobig‘ining emirilishi hamda nerv to‘qimalarida destruktiv jarayonlar rivojlanishi sababli ko‘z yosh suyuqligida neuron-specific enolase oqsili ko‘rsatkichining ishonchli darajada o‘sishi isbotlangan hamda ko‘ruv faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; 
ilk bor ko‘ruv nervi to‘qimalariga nisbatan antitanalarni qon zardobi va ko‘z yoshida oshishi, to‘r parda nerv tolalari hamda ganglioz hujayralar qavati sog‘lom ko‘zda ham yupqalashishi, ikki tomonlama R100 latentlik ko‘rsatkichining oshishi juft ko‘zning zararlanishini bashoratlovchi mezonlar ekanligi isbotlangan;
optikomielit va tarqoq skleroz sababli ko‘ruv a’zosida neyrodegenerativ jarayonlarni tashxislash, davolash algoritmlari va kasallikni bashoratlovchi model` ishlab chiqilgan hamda kasallik turiga ko‘ra patogenetik davolash tartibi neyrovizualizatsion va biokimyoviy tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Devik optikomieliti va tarqoq sklerozda ko‘rish a’zosio‘zgarishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Devik optikomielitining oftal`mologik o‘zgarishlarini tashxislash bo‘yicha bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Devik optikomielitining oftal`mologik o‘zgarishlarini tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 8n-r/312-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Devik OMning oftalmologik o‘zgarishlarini tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
markaziy nerv tizimi demielinizatsiya kasalliklarining neyrooftalmologik o‘zgarishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Markaziy nerv tizimi demielinizatsiya kasalliklarining neyrooftalmologik o‘zgarishlarini solishtirma tashxislash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 8n-r/311-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma markaziy nerv tizimi demielinizatsiya kasalliklarining neyrooftalmologik o‘zgarishlarini solishtirma tashxislash tartibini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
Tarqoq sklerozda ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tarqoq sklerozda ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarini tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 8n-r/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma TSda ko‘ruv a’zosi o‘zgarishlarini tashxislash algoritminisamarali amalga oshirish imkonini bergan;
Devik optikomieliti va tarqoq sklerozda ko‘rish a’zosio‘zgarishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9oktyabrdagi 8n-d/164-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Devik optikomieliti va tarqoq skleroz sababli rivojlangan ko‘ruv nervi nevritini tashxislash sifatini yaxshilashga, davolash davrini qisqartirishga, remissiya davrini uzaytirishga va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish