Yanbuxtin Il`yas Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo botiqligidagi cho‘kindi qoplamasining geologik tuzilishi va evolyusiyasi», 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/GM24.
Ilmiy rahbar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Maksudov Sabitjan Xamidovich, fizika-matematika fanlari doktori; Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik-geofizik ma’lumotlar asosida havzaviy modellashtirishni qo‘llagan holda Surxondaryo botiqligi cho‘kindi qoplamasining evolyusiyasi va geologik tuzilishi hamda neft` va gazga istiqbolliligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor havzaviy modellashtirish texnologiyasi asosida Surxondaryo botiqligining evolyusiyasi va shakllanish bosqichlari baholangan;
cho‘kindi havzaning paleotektonik tahlili asosini tashkil etuvchi turli stratigrafik bosqichlar uchun paleotektonik profillarning dinamik modellari yaratilgan;
ilk bor tadqiqot maydoni doirasidagi maqsadli gorizontlarda yotqiziqlarning cho‘kishi, neft-gaz jinslarining etilganlik darajasi, uglevodorodlar generatsiyasining boshlanish davri hamda turlarini bashoratlash modellari ishlab chiqilgan;
ilk bor havzaviy modellashtirish asosida geologik-qidiruv ishlari uchun uglevodorodlarni ehtimoliy to‘planish hududlarining sxematik bashoratlash xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo botiqligi cho‘kindi qoplamasining geologik tuzilishi va evolyusiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo botiqligi doirasidagi havzaviy modellashtirish «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 22 dekabrdagi 32-4696-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuz-angidrit qatlamlarining tuz usti mezozoy-kaynozoy cho‘kindilarida antiklinal turdagi istiqbolli strukturalarni shakllanishiga bo‘lgan ta’sirining xususiyatlarini aniqlashga imkon bergan;
uglevodorodlar generatsiyasini boshlanishi va neft-gazli tog‘-jinslarini neft va gaz hosil bo‘lishining asosiy zonalariga kirish vaqt oraliqlari «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasining 2020 yil 22 dekabrdagi 32-4696-son ma’lumotnomasi). Natijada, yotqiziqlarning etilganlik darajasini aniqlash va uglevodorodlar turlarini bashoratlash imkonini bergan;
yura karbonat formatsiyasi, bo‘r yotqiziqlarining senoman va paleogenning buxoro yotqiziqlari bo‘yicha uglevodorodlarni ehtimoliy to‘planish hududlarini aks ettiruvchi sxematik xaritalar «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasining 2020 yil 22 dekabrdagi 32-4696-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo botiqligi maydonida uglevodorodlarni ehtimoliy to‘planish hududlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish