Qo‘ziev Jaxongir Madaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo havzasi bo‘z tuproqlar mintaqasi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarining agrokimyoviy holatini yaxshilash», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx3.
Ilmiy rahbar: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Riskieva Xurshida Tursunovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Niyazaliev Begali Irisalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo havzasi bo‘z tuproqlar mintaqasida shakllangan asosiy sug‘oriladigan tuproqlarini agrokimyoviy holatini aniqlash, agroximkartogramma tuzish texnologiyasini takomillashtirish, g‘o‘za va kuzgi bug‘doy ekinlarining qismlari bilan chiqib ketayotgan ozuqa elementlar balansini o‘rganish va maqbul o‘g‘it me’yorlarini belgilash elektron dasturini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo havzasi bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan asosiy sug‘oriladigan tuproqlarining makro- va mikroelementlari bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlangan;
bo‘z tuproqlar mintaqasida qo‘llanilgan mineral va mahalliy o‘g‘itlarni monitoringi asosida parvarishlangan g‘o‘za va kuzgi bug‘doy tarkibidagi ozuqa elementlar miqdori bir-biri bilan qiyoslanib, ozuqa elementlar balansi ishlab chiqilgan;
bo‘z tuproqlar mintaqasi asosiy sug‘oriladigan tuproqlarini agrokimyoviy ma’lumotlar bazasi va agroximkartogramma tuzish texnologiyasi takomillashtirilgan;
«tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimi asosida ozuqa elementlar maqbul me’yorini hisoblash elektron dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan asosiy sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy holatini yaxshilash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Qamashi tumani «Qorabog‘» massivining 960 gektar maydoni uchun 1:10000, fermer xo‘jaliklari uchun 1:5000 masshtabli agroximkartogrammalar ishlab chiqarishga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2016 yil 15 noyabrdagi 2-05-6002-son ma’lumotnomasi). Ushbu agroximkartogrammalarni qo‘llash asosida 2010 yilda massivda mineral o‘g‘itlar qo‘llanganda g‘o‘zadan gektariga 1,9 sentner, kuzgi bug‘doydan esa 3,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan;
«Qorabog‘» massivi «Diyor Xurram» fermer xo‘jaligining 2640 m2 ekin er maydonida o‘tkazilgan dala tajribasi natijalari amaliyotga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 21 dekabrdagi 02/20-1278-son ma’lumotnomasi). Bunda mineral va mahalliy o‘g‘itlarga qo‘shib g‘o‘zaning vegetativ massasi maydalab qo‘llanilganda gektariga 5,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.