Umarova Vasila Kabilevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik polimerlari va uning asosida kompozision materiallar olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1263.
Ilmiy rahbar: Primqulov Maxmud Temurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yillik o‘simliklardan olingan polimerlar asosida texnik va spesifik xususiyatlari yaxshilangan kompozisiyalar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy bir yillik o‘simlik - sholi poyasi asosida xona ichki devorlarini bezash uchun suyuq gulqog‘ozbop material ishlab chiqarilgan;
o‘simlik poyalari tarkibidagi oson va qiyin eriydigan polisaxaridlarni suvda ekstraksiyalash, kislota va ishqorda gidrolizlash orqali optik zichligining o‘zgarish kinetikasi aniqlangan;
kombinirlangan usulni qo‘llab, kislotaperekosid maqbul nisbatlarida mikrokristallik sellyuloza olingan;
sholi poyasidan olingan sellyulozaning sorbsiyalanish xossasi paxta sellyulozasiga nisbatan 15–20 % gacha yuqori ekanligi aniqlanib, tarkibdagi kristallarining amorf qismlarga nisbatan ko‘pligi bilan asoslangan;
tolalarining uzunligi 2,5–3,0 mm sellyuloza asosidagi massa, organik va noorganik to‘ldiruvchilardan iborat kompozisiya, devor yuzasida mikrorel`ef hosil qilishi isbotlangan;
bir yillik qishloq xo‘jalik mahsulotlari poyalaridan yarim tayyor, sof, mikrokristallik sellyuloza va suyuq gulqog‘oz olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan suyuq gulqog‘oz olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xona ichki devorlari sirtlarini qoplash uchun yarim tayyor sellyuloza massasi tarkibi va uni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06290, 2019 y.). Natijada, sholi poyasidan olingan yarim tayyor sellyuloza asosida xona ichki devorlarini qoplash uchun suyuq gulqog‘ozbop material olish imkonini bergan;
sholi poyasidan olingan yarim tayyor sellyuloza asosida suyuq gulqog‘oz olish texnologiyasi “SAYQAL DECOR” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘ZSANOATQURILIShMATERIALLARI» sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 24 fevraldagi 05/15-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, unumi 1,2 marta yuqori bo‘lgan, reagentlar 1,5 marta kam sarflanuvchi suyuq gulqog‘ozbop sellyuloza ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish