Mirzaolimov Mirzoxid Mirzavalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenezda jigar mitoxondriyalaridagi fiziologik-biokimyoviy o‘zgarishlar va ularni dieta bilan korreksiyalash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/V171.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Gaffurjon Raximjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.76.01.
Rasmiy opponentlar: Saidbaeva Lola Muxamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaloriyasi cheklangan dietani yosh ortib borishi bilan bog‘liq kalamushlar o‘sish va rivojlanishiga hamda jigar mitoxondriyasi funksional o‘zgarishlariga ta’sir mexanizmini qiyosiy tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KChD hayvonlarni umr ko‘rish davomiyligini o‘rtacha 46,4 foizga oshirishi, uch yillik tajribada ular nazorat hayvonlaridan tana vaznida va jigar massasida qariyb 4 marta ortda qolishi aniqlangan;
KChD eksperimental hayvonlarda gaz - kislorod metabolizmini nazorat qiymatining pasayishiga olib kelgan va hayvonlarning kam energiya holatiga o‘tishini ko‘rsatib, organizm zahiralaridan tejamkor foydalanishga olib kelishi isbotlangan;
jigar mitoxondriyalarida kam kaloriya bilan ta’minlashda ATF sintezi va mitoxondriyalarning funksiyalari buzilmasligi aniqlangan; 
NADNga va askorbatga bog‘liq bo‘lgan yo‘llarda peroksid mahsulotlari shakllanishi faolligini oshganligi va bular mitoxondriyalarga va organizmning hayotini uzaytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Postnatal ontogenezda normal va KChD ni kalamush yosh ortib borishi bilan bog‘liq jigar mitoxondriyalaridagi funksional o‘zgarishlarga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
postnatal ontogenezda hayvonlarning yoshi ortishi bilan bog‘liq kuzatiladigan mitoxondrial buzilishlardan №OT-F6-2 «Kalamushlar bosh miya mitoxondriyalari bilan polifenollar asosida yaratilgan supromolekulyar komplekslar munosabatlarining biokimyoviy mexanizmlarini tadqiq etish» loyihasida o‘simlik tabiatli polifenol va flavonoid birikmalarni hamda ular asosida glisirizin kislota bilan sintezlangan supramolekulyar komplekslarning antioksidant hususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03-5050-son ma’lumotnomasi). Natijada, polifenollar, flavonoidlar va supramolekulyar komplekslar ichidan yuqori antioksidant hususiyatga ega bo‘lgan komplekslar tanlab olish imkonini bergan;
kaloriyasi cheklangan dietaning yosh ortishiga bog‘liq hayvonlar organizmidagi gaz almashinuvi intensivligiga ta’siri xossalaridan №OT-F6-2 «Kalamushlar bosh miya mitoxondriyalari bilan polifenollar asosida yaratilgan supromolekulyar komplekslar munosabatlarining biokimyoviy mexanizmlarini tadqiq etish» loyihasida megaferon va GK+Kv komplekslari yordamida eksperimental hayvonlarning yoshi ortishi bilan jigar mitoxondriyalarining pasayib ketgan funksional holatini tiklashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03-5050-son ma’lumotnomasi). Natijada, komplekslar keksa yoshdagi kalamush jigar mitoxondriyalarida pasayib ketgan oqsil biosintezini tiklash imkonini bergan;
postnatal ontogenezda kaloriyasi cheklangan dietani hayvonlarning gaz kislorod almashinuvi, tana harorati va jigari mitoxondriyalarining energetik metabolizmiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar Surgut davlat universitetining «Innovatsionnie texnologii izvlecheniya, identifikatsii polifenolov dikorosov XMAO-Yugri i issledovanie ix geroprotektornix svoystv pri vozrast-assotsiirovannix zabolevaniyax na Severe» loyihasida foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2021 yil 19 yanvardagi 0413-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, polifenollarning yosh ortib borishi bilan bog‘liq kasalliklarda geroprotektor hossalarini asoslash va ularning membranatrop faolliklarini baholash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish