Elmurodov Abdug‘ani Aktamovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur o‘stirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx4.

Ilmiy maslahatchi: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirishning agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Abduraximov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor;  Teshaev Fatullo Juraqulovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vodiysi sharoitida topinambur etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish hamda kuchsiz sho‘rlangan erlarda topinambur o‘stirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Zarafshon vodiysi tipik va o‘tloq-bo‘z tuproqlar sharoitida topinamburning navlar to‘plami kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari (tezpisharligi, hosil shakllanishi, mahsuldorligi, hosildorligi va tuganaklar biokimyoviy tarkibi) bo‘yicha har tomonlama baholangan;

oziq-ovqat yo‘nalishida foydalanishga yaroqli “E’tirof” navi yaratilgan;

yangi va istiqbolli navlarni etishtirish agrotexnologiyasining muhim elementlari, navlarni tanlash, maqbul ekish sxemalari, tup qalinligi, urug‘lik tuganaklarni turli muddatlarda ekish oldi ishlov berish, o‘g‘itlash me’yorlari, sug‘orish tartibi va urug‘likni saqlash usullari ishlab chiqilgan;

sho‘rlangan tuproqlarda navlar baholangan, urug‘lik tuganaklarni ekish chuqurligi, ekish muddati, sug‘orish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

topinamburdan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida mo‘l, sifatli va arzon hosil etishtirishni ta’minlovchi agrotexnologiyalar tizimi, jadal ko‘paytirish hamda takomillashgan birlamchi va elita urug‘chiligi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Zarafshon vodiysida topinamburni etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:

topinambur etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha «O‘zbekistonda topinamburdan yuqori, mo‘l va sifatli hosil etishtirishga oid tavsiyalar» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 yanvardagi 03/09-251-son ma’lumotnomasi). Bunda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida oziq-ovqat va em-xashak maqsadlarida topinambur etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan;

topinamburning yangi mahalliy sharoitlarga mos, oziq-ovqat yo‘nalishidagi “E’tirof” navi yaratilgan va 2017 yildan ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2017 yil 26 yanvardagi 53/4-58-son ma’lumotnomasi). Bunda yangi yartilgan mazkur navning tuganagi tarkibida inulin miqdori, andoza Fayz baraka naviga nisbatan 0,7–1,1 foizgacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;

Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining fermer xo‘jaliklari sharoitida 2013–2015 yillarda topinamburning tanlab olingan navlari va ishlab chiqilgan maqbul agrotexnologiyalari jami 132 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 yanvardagi 02/09-19-son ma’lumotnomasi). Bunda topinambur etishtirishning maqbul agrotexnologiyalari qo‘llanilganda an’anaviy usulga nisbatan qo‘shimcha 10,8 tonna tuganak va 20,8 tonna ko‘k massa hosili olingan va rentabellik darajasi 39,7 foizga oshganligi aniqlangan. Kuchsiz sho‘rlangan erlarda erta bahorda 8–10 sm, kech kuzda 10–12 sm chuqurlikda ekish maqbul bo‘lib, gektaridan 35,6–41,2 tonna tuganak, 84,6–91,3 tonna ko‘k massa hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish