Chorieva Nargiza Mamarajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eritrotsit va limfotsitlardagi membrana jarayonlarining gossipol va uning hosilalari ta’siridagi modulyasiyasi», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V86.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Xushmatov Shunqor Sadullaevich, biologiya fanlari doktori; Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol va uning hosilalari ta’sirida eritrotsit va limfotsit membranalarida kechuvchi hujayra hajmi boshqarilishiga bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash va mexanizmini yoritishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gossipol izoosmotik sharoitda odam eritrotsitlarini kolloid-osmotik bo‘lmagan va anion transportiga bog‘liq emas mexanizm bilan parchalashi, gemolitik faollik batriden va megosinda 1,5-2 barobar oshganligi, gotizol va ragosinda esa keskin (10-30 barobar) pasaygani aniqlangan;
sublitik dozalarda gossipol va uning hosilalari osmotik stress sharoitida odam eritrotsitlarini himoyalovchi ta’siri aniqlangan va bu xususiyat megosinda eng kuchli, batridenda esa eng past ekanligi isbotlangan;
gossipol sublitik mikromolyar dozalarda odam eritrotsitlarining kolloid-osmotik stressga nisbatan sezgirligini kuchaytirishi, hosilalarda esa bu xususiyat yo‘qolib, ular qizil qon hujayralarini nafaqat osmotik, balki kollid-osmotik stress sharoitida ham himoyalashi isbotlangan; 
gossipol va uning o‘rganilgan barcha hosilalari kichik mikromolyar dozalarda timotsitlar hajm boshqarilish tizimini keskin faolsizlantirishi aniqlangan va bu xususiyat gossipolda eng kuchli, ragosinda esa eng past ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eritrotsit va limfotsitlardagi membrana jarayonlarini gossipol va uning hosilalari ta’siridagi modulyasiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gossipol va uning hosilalarini eritrotsitlardagi osmotik stress jarayonlariga hamda timotsit hujaylari hajm boshqarilishiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan №PZ-20171024153 «Biologik faol moddalarni skrining qilish uchun sichqon ingichka ichak raki hujayra kul`turasi asosida test tizimi yaratish» amaliy loyihasida Cuscuta evropea lektinsimon oqsillarini eritrotsit membrana jarayonlariga ta’sirini aniqlashda hamda limfotsitlar hajm boshqarilishiga ta’siri mexanizmlarini oydinlashtirishda uslubiy, nazariy va amaliy ma’lumotlar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 noyabrdagi 4/1255-2593-son ma’lumotnomasi). Natijada, zarpechak o‘simligidan olingan ekstraktning membranafaol hususiyatlarini hamda hujayra hajm boshqarilish mexanizmiga ta’sirini tavsiflash imkonini bergan;
gossipol va uning hosilalarini eritrotsitlar lizisi hamda gipoosmotik stress sharoitida timotsitlar hajm boshqarilishiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan №FA-I11-T009 «Xlamidiozlarga qarshi – gozalidon va viruslarga qarshi megosin shamchalarini ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasida gossipol hosilalari – gozalidon va megosinlarning xlamidiozlarga va viruslarga qarshi ta’sir mexanizmlarini oydinlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 noyabrdagi 4/1255-2594-son ma’lumotnomasi). Natijada, gossipol va uning hosilalarining biologik membranalarga ta’sirini taqqoslash, gozalidon va megosinlarning faollik mexanizmlarini tavsiflash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish