Miralieva Dilafruz Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ajdodlarimiz merosi vositasida talabalarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.3.PhD/Ped272.
Ilmiy rahbar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida ajdodlarimiz merosi vositasida “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini  shakllantirishga oid metod va vositalarni aniqlash  hamda ulardan ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan ruhiy-mafkuraviy ta’sir vositalariga qarshi kurash jarayonlarning profilaktik imkoniyatlari ajdodlar  merosining ma’naviy tahdidlar, buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish konsepsiyalari (tasavvuf ilmi, naqshbandiya tariqati, xalq pedagogikasi asosida) hamda ajdodlar merosini tizimli o‘rganish  asosida rivojlantirilgan; 
tasavvuf ilmining ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish uchun zarur bo‘lgan ilm-ma’rifat izlash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalashga yo‘naltirilgan qoidalar (10 qoida) hamda naqshbandiya tariqatining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari (milliy va umuminsoniy qadriyatlar), xalq pedagogikasi manbalarining talabalarda “ommaviy madaniyat”gi qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirishdagi imkoniyatlari ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik parametrlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
tasavvuf ilmi va naqshbandiya tariqatida ilgari surilgan vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, ilm izlashga intilish kabi g‘oyalar, xalq pedagogik tafakkuri mahsuli bo‘lgan maqollar, qo‘shiqlar, dostonlar, hadislar, xalq o‘yinlari, an’analar talabalarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirish vositalari ekanligi aniqlanib, pedagogik jarayonda tizimli tarzda foydalanish mexanizmlari refleksiya usulini qo‘llash asosida takomillashtirishgan;
talabalarda“ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini  shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tuzilmasi tasavvuf ilmi, naqshbandiya tariqati, xalq pedagogikasi merosidagi (qalb va ruh tarbiyasi, suvrat va siyrat birligi, vujud pokligi, hurfikrlilik, haqiqatni anglashga intilish) pedagogik ta’sir vositalari tarkibini (loyiha, suhbat, sayohat, namoyish qilish, maxsus kurslar, kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish)  belgilash asosida  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ajdodlarimiz merosi vositasida talabalarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan ruhiy ta’sir vositalariga qarshi profilaktik jarayonlarni rivojlantirish maqsadlari, ajdodlar merosining ma’naviy tahdidlar, buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish imkoniyatlari (tasavvuf ilmi, naqshbandiya tariqati, xalq pedagogikasi), tasavvuf ilmining ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish uchun zarur bo‘lgan, ilm-ma’rifat izlash va o‘z-o‘zini qayta tarbiyalashga yo‘naltirilgan qoidalar (10 qoida) hamda naqshbandiya tariqatining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari (milliy va  umuminsoniy qadriyatlar)ga oid tavsiyalaridan F1-XT-1-55237-raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 89-03-2983-son ma’lumotnomasi). Natijada “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash jarayonining vujudga kelishi va rivojlanish yo‘llari, uning jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
“ommaviy madaniyat”ga qarshi ko‘nikmani  shakllantirish usullari (bilishni va tajribani shakllantirish, rag‘batlantirish), xalq an’analarining falsafiy, psixologik, pedagogik jihatiga qaratilgan inson tarbiyasiga oid funksiyalar (xalq pedagogikasi durdonalari, xalq og‘zaki ijodiyoti, urf-odat, rasm-rusum va an’analardan foydalanish) ga oid takliflari “Pedagogika” ensiklopediyasining 2-jildini mazmuniga singdirilgan (“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 89-03-2983-son ma’lumotnomasi). Natijada “ommaviy madaniyat” tushunchasi  va unga qarshi kurash usullari ajdodlar merosini, xalq pedagogikasi manbalarini  tahlil qilish asosida rivojlantirilganligi aniqlangan; 
oila, mahalla, ta’lim muassasasi va ommaviy axborot vositalarining ajdodlar merosi va milliy an’analar bo‘yicha hamkorlik faoliyati,  talabalarda  “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik  ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus kurslar mazmuniga oid takliflaridan bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Ma’naviyat asoslari” va “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 89-03-29-83-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda auditoriya va auditoriyadan tashqari pedagogik jarayonlarda ajdodlarimiz merosi bo‘lmish xalq pedagogikasi mahsuli bo‘lgan hadislar, hikmatlar, qo‘shiqlar, dostonlar, maqollar orqali “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyatlari yuzaga kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish