Yunusov Saloxiddin Zununovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Arrali jinlarning samarali ishchi organlari va mexanizmlari konstruksiyalarini ishlab chiqish hamda parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslarini takomillashtirish», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T7.

Ilmiy maslahatchi: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.FM/T.03.04 raqamli bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Rudovskiy Pavel Nikolaevich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyaev Rinat Amirovich, texnika fanlari doktori; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori;

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani jinlash mashinasi ishchi organlari va mexanizmlarining samarali konstruksiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

arrali jinning ishchi organlarini samarali va resurstejamkor konstruksiyalari ishlab chiqilgan;

arrali silindr va elektryuritgich rotori harakat qonunlari analitik usulda aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

qayishqoq tayanchli kolosnik tebranish qonuniyati analitik usulda aniqlangan, asosiy parametrlari ishlab chiqilgan;

paxtadan kelayotgan tasodifiy qarshilik, nochiziqli birlikka ega bo‘lgan tayanchni inobatga olish usuli ishlab chiqilgan;

arrali jin ishchi kamerasidagi chigitli paxta va ishchi organ orasidagi ishqalanishni kamaytirish usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jinlangan chigitlarni ishchi kameradan chiqishini tezlashtirish va tola ajratish jarayonini yaxshilash uchun samarali ishchi organli va yuritmali arrali jin ishlab chiqish texnologiyasi asosida:

arrali jin xomashyo valigi tezlatkichini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Xomashyo valgi tezlatkichi», №IAP03021, 2005y). Ilmiy-tadqiqot natijasida xomashyo valigi tezlatkichi samarali ishchi kamera ishlab chiqish imkonini bergan;

xomashyo valigi tezlatkichi va arrali jin ishchi kamerasi «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatining «Baxt», Toshkent viloyatining «Korasu» korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2017 yil 8 iyundagi MA-02/1082-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan arrali jin ishchi organlari paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarishda qo‘llash ish unumdorligini 1,0–1,1 kg tola/soatga oshirish, tolani ifloslanganlik darajasini 0,6% ga kamaytirish, chigitlarning mexanik shikastlanganligini 0,5% kamaytirish, tolaning shtapel` uzunligining 0,2 mm ga oshirish imkonini bergan;

arrali jin uchun yangi zanjirli uzatma konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tarkibidagi Surxondaryo viloyatining «Sariosiyo» zavodiga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2017 yil 8 iyundagi MA-02/1082-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan arrali jin yuritmasida qo‘yilgan zanjirli uzatma ish unumdorligining 5,0–7,0% ga oshishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish