Oymatov Rustam Kamariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geoaxborot tizim va texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligining elektron kartalarini tuzish uslubini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 11.00.06 – «Geodeziya. Kartografiya» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1891.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Ilhomjon Maqsudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Suyunov Abdusali Samatovich; geografiya fanlari nomzodi, dotsent Nazarov Mamatqodir Ismatullaevich.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geoaxborot tizim va texnologiyalari asosida agrogeoma’lumotlar bazasini yaratish va qishloq xo‘jaligining elektron kartalarini tuzish uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligining elektron kartalarini tuzish usullari geoaxborot tizim va texnologiyalari asosida hamda kartalarning tasniflanishi va mazmun elementlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
ArcGIS dasturida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini kartalashtirish usuli erni masofadan zondlash orqali qishloq xo‘jaligini kartaga olishning texnologik tizimi asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini vizuallashtirish usuli geoaxborot tizimlari dasturlari yordamida agrogeoma’lumotlar bazasini yaratish va integratsiya qilishning texnologik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi interaktiv va veb kartalarini yaratishning texnologik tizimlari «JavaFX» hamda «ArcGIS Online» platformalarini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Geoaxborot tizim va texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligining elektron kartalarini tuzish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligining elektron kartalarini tuzish usuli Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «Kartografiya» ilmiy - ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 02/02-7943-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq hududlarning mavzuli va turistik kartalarni loyihalash va tuzish imkoni yaratilgan;
erni masofadan zondlash orqali qishloq xo‘jaligini kartaga olishning texnologik tizimi asosida takomillashtirilgan ArcGIS dasturida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini kartalashtirish usuli Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Buxoro viloyati er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi va «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti «Buxorovilerloyiha» Buxoro viloyati bo‘linmasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 02/02-7943-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini vizuallashtirish asosida qishloq xo‘jaligi kartalarini tezkor yaratish imkonini bergan.
«Buxoro_AGRO» qishloq xo‘jaligi interaktiv va veb kartalarini yaratish hamda geoaxborot texnologiyalari dasturlari yordamida agrogeoma’lumotlar bazasini yaratish va integratsiya qilishning texnologik tizimlari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi «Kartografiya» ilmiy - ishlab chiqarish davlat korxonasida joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 02/02-7943-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 yanvardagi 02/022-230-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligining interaktiv, veb kartalarini ishlab chiqish va agrogeoma’lumotlar bazasi asosida qishloq xo‘jaligi ekin erlarining onlayn platformasini yaratish hamda uni Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish