Saidov Xalim Amanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida axborot janrlarining rivojlanish omillari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil141
Ilmiy rahbar: Dosmuxamedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01 asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muminova Fatima Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatning demokratlashuvi jarayonida axborot janrlarining rivojlanish omillarini belgilash va ularning ahamiyatini ilmiy-nazariy tadqiq etish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari mustaqilligi va so‘z erkinligini ta’minlashda axboriy jamiyat matbuoti nazariyasining milliy matbuotdagi rivojlanish tendensiyasi tadrijiy xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
chor Rossiyasi hukumati mustamlaka Turkistonda o‘z siyosatini yuritishda matbuotning avtoritar nazariyasini joriy etgani axborot janrlarida yozilgan mingdan ziyod xabar va hisobotlarning kontent tahlili asosida dalillangan; 
davlat va jamiyat boshqaruvida oddiy aholi ishtirokini ta’minlash orqali jadid matbuotining voqea-hodisaga tezkor munosabati, axborot va tahliliy materiallar konteksti libertarian nazariyaga xosligi va uning milliy demokratik jurnalistikaga asos ekanligi isbotlangan; 
sobiq sotsialistik tuzum manfaati hamda partiya diktaturasini qo‘llab-quvvatlashda jurnalistikaning sovet totalitar matbuoti nazariyasi haqiqiy axborotni jamoatchilikdan yashirganligi aniqlangan; 
yangiliklar kategoriyasi o‘zbek milliy jurnalistikasiga axborot janrlaridan biri sifatida kiritilib, unga konseptual yondashuv kengaytirilgan va “yaqin fursatda bo‘lib o‘tgan, jamiyatning asosiy qismi uchun muhim va qiziqarli hisoblangan voqea-hodisa yoki fikr haqidagi axborot” deb takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning demokratlashuvida axborot janrlarining rivojlanish omillari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari mustaqilligi va so‘z erkinligini ta’minlashda axboriy jamiyat matbuoti nazariyasining milliy matbuotdagi rivojlanish tendensiyasi tadrijiy xarakterga ega ekani isbotlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshidagi “Yosh jurnalistlar kengashi”ning faoliyatini, “Ustoz-shogird” an’anasini yo‘lga qo‘yish, yoshlarning malakasini oshirish borasidagi ishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2020 yil 26 iyuldagi 16/247-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston jurnalistikasida axboriy jamiyat matbuoti nazariyasini tatbiq etish strategiyasi ishlab chiqilgan va yosh jurnalistlarning publisistik janrlarda yozilgan materiallari asosida “Yosh yuraklar sadosi” kitobi chop etilgan;
chor Rossiyasi hukumati mustamlaka Turkistonda o‘z siyosatini yuritishda matbuotning avtoritar nazariyasini joriy etgani axborot janrlarida yozilgan mingdan ziyod xabar va hisobotlarning kontent tahlili asosida dalillangan xulosa va takliflardan “Ishonch” gazetasida axboriy jamiyat matbuoti nazariyasi, uning yangi O‘zbekiston jurnalistikasidagi o‘rni, uch hokimiyat ommaviy axborot vositalariga munosabatini o‘zgartirish ehtiyoji kabi yoritilayotgan muammolarning demokratik jamiyat rivojidagi ahamiyati xususidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (“Ishonch” gazetasi tahririyatining 2020 yil 29 iyuldagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, uch hokimiyatning to‘rtinchi hokimiyatga munosabati axboriy jamiyat matbuoti nazariyasi asosida yo‘lga qo‘yilishi zarurati ommalashtirilgan; 
davlat va jamiyat boshqaruvida oddiy aholi ishtirokini ta’minlash  orqali jadid matbuotining voqea-hodisaga tezkor munosabati, axborot va tahliliy materiallar konteksti libertarian nazariyaga xosligi va uning milliy demokratik jurnalistikaga asos ekanligi isbotlangan xulosa va takliflardan Respublika “Ma’rifat” gazetasi tahririyati qoshida “Mahorat maktabi” tashkil etilib, 1999-2019 yillar davomida talaba-jurnalistlarning ixtisoslashuvi, axborot janrlari taraqqiyotiga oid ma’ruzalar, taqdimotlarda foydalanilgan (“Ma’rifat”-“Uchitel` Uzbekistana” gazetalari tahririyatining 2020 yil 19 maydagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ma’rifat”-“Uchitel` Uzbekistana” gazetalari tahririyatining tashkiliy tuzilmasi yangilangan, bo‘limlar mutaxassislari ixtisoslashtirilgan; 
sobiq sotsialistik tuzum manfaati hamda partiya diktaturasini qo‘llab-quvvatlashda jurnalistikaning sovet totalitar matbuoti nazariyasi haqiqiy axborotni jamoatchilikdan yashirganligi aniqlangan xulosa va takliflardan “Ma’rifat” gazetasi tahririyati qoshidagi “Mahorat maktabi”da “Yoshlar ovozi” gazetasi xodimlarini ixtisoslashtirishda, “Ustoz-shogird” an’anasini yo‘lga qo‘yish, yosh jurnalistlarning malakasini oshirish borasidagi ishlarda foydalanilgan (“Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyatining 2020 yil 27 iyuldagi 20/157-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati tashkiliy tuzilmasi yangilanishi, bo‘limlar mutaxassislari ixtisoslashtirilishi hamda “Ustoz-shogird” an’anasini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan; 
yangiliklar kategoriyasi o‘zbek milliy jurnalistikasiga axborot janrlaridan biri sifatida kiritilib, unga konseptual yondashuv kengaytirilgan va “yaqin fursatda bo‘lib o‘tgan, jamiyatning asosiy qismi uchun muhim va qiziqarli hisoblangan voqea-hodisa yoki fikr haqidagi axborot” deb takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Ma’rifat” gazetasi tahririyati qoshidagi “Mahorat maktabi”da “Til va adabiyot ta’limi” va “Prepodavanie yazika i literaturi” jurnallari tahririyati xodimlarini ixtisoslashtirishda, tahririyat ishini tashkil etish va boshqarish ishlarida foydalanilgan (“Til va adabiyot ta’limi” va “Prepodavanie yazika i literaturi” jurnallari tahririyatining 2020 yil 26 iyuldagi 03/13-06-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Til va adabiyot ta’limi” va “Prepodavanie yazika i literaturi” jurnallari tahririyati tashkiliy tuzilmasi takomillashtirishga, bo‘limlar mutaxassislarini til o‘rgatish va adabiyot ta’limiga ixtisoslashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish