Kasimova Zilola G‘ulomiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Madaniy diplomatiya asosida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlari (Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida)», 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss153
Ilmiy rahbar: Djumaev Rustam Ziyatovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Kasimovich siyosiy fanlar doktori, professor; Umarov Xayrulla Payzullaevich siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlarini madaniy diplomatiya nuqtai nazaridan konseptual tahlil qilib, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi ijobiy imijini shakllantirish va rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida Yaponiya o‘z milliy qadriyatlarini innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda “yumshoq kuch” vositasida davlat ijobiy imijini rivojlantirganligi yoritib berilgan;
ijtimoiy diplomatiya, xalq diplomatiyasi, milliy brend va “yumshoq kuch” omillarining o‘zaro samarali aloqadorligi davlat ijobiy imiji va madaniy diplomatiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
Xitoy davlat ijobiy imijining shakllanishi, zamonaviy xalq diplomatiyasi rivojlanishi va madaniyatlararo integratsiya mexanizmi “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi kontekstida asoslangan;
yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda tashqi madaniy diplomatiyaning o‘rni O‘zbekiston-Yaponiya va O‘zbekiston-Xitoy xalqaro hamkorlik aloqalari asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy diplomatiya asosida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlarini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
“Madaniy diplomatiya asosida davlat ijobiy imijini shakllantirish jarayonlari (Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi misolida)” mavzusi doirasida o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida shakllangan tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida axborot-tahliliy materiallar va ma’ruzalar tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 2020 yil 6 avgustdagi №05-4/517-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga taqdim etilgan dissertatsiya ma’lumotlari asosida axborot-analitik materiallar tayyorlashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston va Yaponiyaning yoshlar siyosatidagi o‘ziga xos xususiyatlar, yoshlariiig davlat siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlash amaliyoti, xalqaro axborot almashinuvining kengayishi yoshlarning intellektual salohiyatini ko‘tarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga oid tadqiqot natijalaridan 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929561 raqamli “Yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish va milliy g‘oyaga sodiqlik ruhini kuchaytirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4401-son ma’lumotnomasi). Natijada, siyosiy partiyalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatining rivojlanishiga oid tadqiqotlar, ularda yoshlar ijtimoiy faolligining oshib borishi, xalqaro miqyosda axborot va innovatsion g‘oyalar bilan almashish ularning intellektual salohiyatini ko‘tarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishida Yaponiya tajribasining o‘rganilishi yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish va milliy g‘oyaga sodiqlik ruhini kuchaytirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro madaniy aloqalarning rivojlanish tendensiyalari nomli ilmiy ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi 2019 yil 5 aprel` kuni o‘tkazgan “Milliy bayramlarning millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi tadbirda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi 2019 yil 20 maydagi 03-08-826/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu davra suhbatida xitoy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uning elementlarining tashqi siyosatda aks etishi, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarda hamda davlat ijobiy imijini shakllantirishda tutgan o‘rnini tahlil etib, mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
davlat ijobiy imijini shakllantirishda madaniy diplomatiyaning o‘rni: Yaponiya madaniy diplomatiyasi bo‘yicha olingan nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 19 noyabrdagi 02-40-2398-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv davlat ijobiy imijini shakllantirishda Yaponiya madaniy diplomatiyasining ahamiyatini aholiga xolisona etkazishga xizmat qilgan.