Alimov Oqiliddin Isamutdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sharqiy Osiyo mintaqasi energetika xavfsizligini ta’minlashda Yaponiyaning tashqi siyosiy roli”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Siyos109
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Dsc.03/30.12.2019.Ss/Tar/21.02.
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, dotsent; Umarov Xayrulla Payzullaevich siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy Osiyoda energetika xavfsizligini ta’minlashga oid Yaponiyaning energetika strategiyasi va ko‘p tomonlama siyosati xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy Osiyoda energetika xavfsizligini ta’minlashning strategik hamkorlik mexanizmlarini mintaqaviy siyosiy integratsion institutlarni vujudga keltirish orqali shakllantirish zarurati asoslangan; 
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy hamkorligi, Sharqiy Osiyo Sammiti, ASEAN kabi siyosiy va iqtisodiy tashkilotlarning energetika xavfsizligi sohasida mintaqa davlatlari tashqi siyosiy strategiyalarini muvofiqlashtirish imkoniyatlari ochib berilgan;
Sharqiy Osiyo Energetika Konferensiyasini ta’sis etish va tuzilmaga Markaziy Osiyo mamlakatlarini a’zo sifatida qabul qilish taklifi asoslangan; 
Yaponiyaning Sharqiy Osiyoda energetika xavfsizligi zamonaviy arxitekturasi shakllanishidagi yetakchilik va tashqi siyosiy regulyatorlik vazifasi mintaqada yagona energotizimni vujudga keltirish imkoniyati sifatida dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharqiy Osiyo mintaqasi energetika xavfsizligini ta’minlashda Yaponiyaning tashqi siyosiy roli mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi-Spichrayter bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil dekabridagi Yaponiya davlatiga rasmiy tashrifi oldidan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi-Spichrayter bo‘linmasining 2020 yil 12 iyundagi dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama energetika hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishga, sohaga tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yaponiyaning energetika xavfsizligini ta’minlashdagi siyosati va strategiyasi, tashqi siyosiy tashabbuslariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020 yil 28 maydagi №02/20533-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasini modernizatsiya qilish, mazkur sohada islohotlarni o‘tkazish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan; 
O‘zbekistonning Yaponiya bilan energetika sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida bir qator axborot-tahliliy materiallarni hamda “O‘zbekiston va Yaponiya: o‘zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik” nomli tahliliy materialni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020 yil 6 avgustdagi 05-4/517 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston va Yaponiya strategik hamkorligining savdo-iqtisodiy, energetika va investisiyaviy yo‘nalishlari ko‘lami va istiqbolini aniqlashga xizmat qiladi;
Yaponiyaning Sharqiy Osiyoda energetika xavfsizligi zamonaviy arxitekturasi shakllanishidagi yetakchilik va tashqi siyosiy regulyatorlik vazifasi mintaqada yagona energotizimni vujudga keltirishi yuzasidan olingan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ayrim ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan, xususan, «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvida dissertatsiyada ilgari surilgan eng muhim ilmiy-nazariy hamda amaliy fikrlar yoritilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 13 fevraldagi 02-10-358-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuvning efirga uzatilishi Yaponiyaning zamonaviy energetika siyosati mazmun-mohiyati, qayta tiklanadigan energiya manbalari va texnologiyalarini rivojlantirish borasidagi tajribalarini keng jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish