Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘rinboev Davlatjon Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy falsafada strategemalar nazariyasining O‘zbekistondagi o‘ziga xos xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal226.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Qabulov Qosimboy Pirjanovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan Strategemalar nazariyasining mazmun-mohiyati, uning bugungi O‘zbekistonda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimizda amal qilish metodologiyasi va texnologiyalarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strategemalar nazariyasining O‘zbekistonda amal qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligi sinergetik paradigmaning murakkablik va soddalikning birligi tamoyili asosida dalillangan;
islohotlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda jamiyat va davlat taraqqiyoti hamda shaxs kamoloti uchun konstruktiv (maqsadga etaklovchi, barqarorlashtiruvchi) ahamiyatga ega ekanligi “strateg”, “strategiya” tushunchalari kontekstida ilmiy-nazariy  jihatdan asoslangan;
davlatimiz va jamiyatimiz barqaror taraqqiyotini strategik o‘sib borishini ta’minlashda ko‘p jihatdan strategemalar nazariyasi metod va texnologiyalarining gorizontal va vertikal (turli shakl va daraja) yo‘nalishlar bo‘yicha takomillashib borishiga bog‘liqligi nazariy jihatdan isbotlangan;
“strategema” va “strategemalar nazariyasi” tushunchalarining O‘zbekistonda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini qiyosiy tahlili asosida ularning ijtimoiy-falsafiy mohiyati falsafaning umumiylik, xususiylik va alohidalik kategoriyalari hamda ular orasidagi aloqadorlik va bog‘liqlik tamoyillari vositasida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy falsafada strategemalar nazariyasining O‘zbekistondagi o‘ziga xos xusuyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflardan:
strategemalar nazariyasi qonuniyatlarining O‘zbekistonda amal qilish mexanizmini yanada takomillashtirishga doir ilmiy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli darslikning “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari” deb nomlangan I bobini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3804-son ma’lumotnomasi). Natijada,  o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
barcha sohalardagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish mamlakatimizda jamiyat va davlat taraqqiyoti hamda shaxs kamoloti uchun paradigmal xususiyatlari va konstruktiv ahamiyatiga doir ilmiy xulosalaridan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli darslikning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturi” deb nomlangan V bobidagi mavzularni shakllantirishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3804-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonida mustaqillikni yanada mustahkamlash, jamiyatimizning barqaror taraqqiyoti-ga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmi va texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi PZ-20170930369 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazining 2019 yil 19 avgustdagi 01/015/96-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini fuqarolar qalbi va ongiga singdirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari mazmunini oshirishga xizmat qilgan;
“strategema” va “strategemalar nazariyasi” kabi tushunchalarning kelib chiqishi va bugungi O‘zbekistonda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini qiyosiy tahlili asosida ularning ijtimoiy-falsafiy mazmun-mohiyati hamda umummetodologik jihatlariga oid taklif-tavsiyalaridan “Jahon falsafasi qomusi”ning 2-jildidagi tushunchalarni tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2019 yil 4 iyuldagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, “strategemalar” tushunchasining mazmun-mohiyati va “strategemalar nazariyasi”ning namoyon bo‘lish xususiyatlarini tavsiflash orqali ularning ijtimoiy-falsafiy mohiyati va mazmunini, umummetodologik asoslari hamda o‘ziga xos jihatlarini ochib berilishi va bu boradagi ma’lumotlar olimlar, tadqiqotchilar va falsafa ilmiga qiziquvchilarning falsafiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish