Sayt test rejimida ishlamoqda

Xushvaqtov Hakim Abdilhaqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Molekulyar klasterlarning hosil bo‘lish mexanizmlari va  va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/FM28.
Ilmiy maslahatchilar: Tashkenbaev Ulug‘bek Negmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar: Ne’matov Sherzod Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Doroshenko Irina Yur`evna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudoybergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan, kondensirlangan holatdagi biologik ob’ektlarda vodorod bog‘lanishli molekulyar klasterlarning shakllanish mexanizmlarini va molekulalararo o‘zaro ta’sirlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlash hamda yorug‘lik maydoni ta’sirida bu molekulyar klasterlarning tebranish spektrida namoyon bo‘lishini tadqiq qilishning spektroskopik metodlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuq va kristall holatlardagi o‘rganilgan yuqori qutbli molekulalardan tashkil topgan moddalarda, 10 tagacha molekulaga ega bo‘lgan klasterlarning shakllanish mexanizmlari aniqlangan va molekulyar klasterlar hosil bo‘lish jarayonlarining murakkab tizimi asoslangan;
yuqori qutbli moddalarning suyuq va izolyasiyalangan holatlarda klaster tuzilishlarini hosil bo‘lishida ichki molekulyar va molekulalararo vodorod bog‘lanish o‘rni hamda o‘rganilgan ob’ektlardagi molekulyar klasterlarning geometrik, spektroskopik va elektrooptik parametrlari aniqlangan;
molekulyar klasterlarda molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil bo‘lishida ishtirok etgan va ishtirok etmagan O-N tebranishlarga tegishli KS polosalarining yangi spektroskopik talqini taqdim qilingan;
molekulyar klasterlar shakllanish jarayonida gaz holatdan suyuq holatga o‘tishida ikkita tebranish polosalar sistemasi hosil bo‘lishi, bu polosalar "simmetrik" (past chastotali) va "antisimmetrik" (yuqori chastotali) O-N tebranishlar bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
klasterda molekulalar soni oshishi bilan past chastotalar sohasiga siljish, tajribada o‘lchash mumkin bo‘lmagan polosalar sistemasi orasidagi siljish qiymatiga mos ekanligi aniqlangan; 
suyuq suv tuzilishining shakllanishida beshta va oltita molekuladan tashkil topgan (yopiq zanjirli) molekulyar klasterlarning o‘rni eng yuqori ekanligi isbotlangan;
metanol molekulasida kislorod atomi bilan metil guruhiga tegishli vodorod atomlarining biri o‘rtasida ichki vodorod bog‘lanish mavjudligi hamda bu bog‘lanish trimer klastergacha saqlanib qolishi ko‘rsatilgan;
spirtning suvli eritmasida spirt miqdori kam bo‘lganda ikki turdagi strukturalar, spirt sturkturasi va suv strukturasi mavjud bo‘lishi, bu esa ushbu sistemada alohida xossalarni hosil bo‘lishiga olib kelishi ko‘rsatilgan;
tebranma spektroskopiya va kvant-kimyoviy modellashtirish usullaridan foydalanib, nanoo‘lchamli molekulyar klasterlar hosil bo‘lishining fizik asoslari ishlab chiqilgan;
molekulalararo vodorod bog‘lanishli molekulyar suyuqliklarning tuzilishi va fizik xossalari ulardagi tashkiliy tuzilma elementi sifatidagi nanoo‘lchamli klasterlar mavjudligi bilan aniqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Molekulyar klasterlarni shakllanish mexanizmlarini tadqiq qilish va kondensirlangan muhitlarda MAO‘T spektroskopiyasi vositasida olingan natijalar asosida:
spektroskopik faol molekulaning muhiti o‘zgarganda polosa konturidagi o‘zgarishlarni baholash hamda noempirik hisoblashlar natijalaridan Rossiya fundamental tadqiqotlar fondining 16-02-00102 raqamli «Protsessi uporyadocheniya i strukturnie fazovie perexodi v kristallax ftoridov so strukturoy el`pasolita, soderjashhix ioni redkozemel`nix elementov», 19-52-12031 raqamli «Priroda teragersovix kolebatel`nix mod (fononov) v metalloorganicheskix karkasnix strukturax», 16-32-50026 raqamli «Issledovanie opticheskix svoystv nanoklasterov disul`fida molibdena» mavzularidagi fundamental loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Rossiya FASB L.V.Kirenskiy nomidagi fizika institutining 2018 yil 15 maydagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarida aniqlangan qonuniyatlardan foydalanilishi natijasida spektroskopik faol (molekula, kompleks, ion) element muhiti o‘zgarganda, tebranish spektrida polosa konturlarining o‘zgarishini baholash imkonini bergan;
suyuq va kristall holatlarda molekulyar klasterlarning shakllanish mexanizmlaridan, spektroskopik va energetik parametrlaridan hamda taqdim qilingan O-N tebranishlarga tegishli KS polosalarining yangi spektroskopik talqinidan 0110RK153 raqamli “Issledovanie vzaimnogo vliyaniya mnogoatomnix sistem v kondensirovannix sredax opticheskimi metodami” mavzusida olib borilayotgan ITIlarini bajarishda foydalanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2020 yil 25 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari va o‘rnatilgan qonuniyatlarni qo‘llanilishi natijasida geterotsiklik birikmalarda murakkab komplekslar hosil bo‘lish jarayonlari va ularning spektral parametrlarini aniqlash imkonini bergan; 
suv, spirt va etilengilkolda tebranma spektroskopiya va kvant-kimyoviy modellashtirish usullari yordamida aniqlangan nanoo‘lchamli molekulyar klasterlar hosil bo‘lishiga tegishli tadqiqot natijalaridan Kiev milliy universitetida bajarilgan 18BF051-02M raqamli «Vodorodno-svyazannie molekulyarnie klasteri vnutri nanostrukturirovannix materialov» mavzusidagi ITIlarini bajarishda foydalanilgan (Kiev milliy universitetining 2020 yil 29 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari molekulalararo vodorod bog‘lanishli suyuqliklarda klaster hosil bo‘lish jarayonlarini o‘rganishda moddaning suyuq holatini va kondensirlangan modda spektroskopiyasini o‘rganish uchun ishlatiladigan ob’ektlar doirasini kengaytirishga xizmat qilgan.
tadqiqot natijalarining tadbiqi natijalarga Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan 100 ga yaqin eksperimental va modellashtirish tadqiqotlarida, shuningdek, sharh maqolalarida iqtibos keltirish orqali ham joriy qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish