Turdiboev Bozor Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishning metodologik asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal67
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Shahzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abduholiqov Safar Oqnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilish metodologiyasini takomillashtirishning falsafiy jihatlarini o‘rganish va yoshlar tarbiyasida foydalanish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning epistemologik (ijtimoiy voqelikni tushunish va dunyoqarashga bog‘liqligi qonuniyati) asoslarini tizimli ravishda tasniflash orqali uning tarixiy-falsafiy paradigmasini takomillashtirish mumkinligi aniqlangan;
O‘zbekistonda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishning substansional asoslari (milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi, ajdodlar mehnati, qahramonligi, milliy ma’naviyati) jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi omil ekanligi vorisiylik tamoyili vositasida ilmiy-nazariy asoslangan;
tarixiy jarayonlarni bilishning korrelyasion-funksional mexanizmlari (o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik) falsafaning miqdor va sifat o‘zgarishlar kategoriyasi asosida takomillashtirilgan;
falsafiy paradigmalarning ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishdagi tizimlashtiruvchi va yaxlitlovchi potensial imkoniyatlari o‘zaro dialektik aloqadorlik kategoriyalari (imkoniyat va voqelik) kontekstida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni falsafiy bilishning ijtimoiy voqeylikni tushunish va dunyoqarashga bog‘liqligi qonuniyatining epistemologik asoslariga oid konstruktiv g‘oyalaridan, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2019 yil 6 noyabrdagi 10/1-788-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy xujjatlarning va qabul qilinayotgan qonunlarning amaliy ahamiyatini yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy tarixiy jarayonlarni bilishning substansional asoslarini takomillashuvining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni asoslanganligiga oid ilmiy xulosalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Ijtimoiy muammolarni hal qilishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli 55-11/78 raqamli amaliy grant loyihasidagi “Viloyatda aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va tegishli xulosalar berish borasida joylarda fuqarolar o‘rtasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish” deb nomlangan 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 7 noyabrdagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlash, turli sohalarni innovatsion rivojlantirishda alohida ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab olishga xizmat qilgan;
tarixiy jarayonlarni bilishning korreliyasion-funksional bog‘lanish-lari va uni samarali takomillashtirish mexanizmlariga oid amaliy-nazariy taklif-tavsiyalaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil mart va aprel` oylarida respublika miqyosida o‘tkazilgan “Kompleks sotsiologik tadqiqotlar” dasturi loyihasini, shuningdek, “Jamoatchilik to‘g‘risidagi qonun”ning 4-moddasi va 11-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 5 noyabrdagi 01/843-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutlari faoliyatini samaradorligiga va mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning echimini topishga samarali xizmat qilgan;
falsafiy paradigmalarning ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishdagi potensial imkoniyatlari va strategik vazifalari borasidagi ilmiy xulosalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Ijtimoiy muammolarni hal qilishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish-ning innovatsion yo‘llarini joriy etish” nomli 55-11/78 raqamli amaliy grant loyihasidagi “Ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish va aholi ijtimoiy muammolarini hal etish borasida tadqiqot olib borish” deb nomlangan 1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 7 noyabrdagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada, empirik tadqiqotlarni umumlashtirishda hamda mavzu bilan bog‘liq axborot tahliliy materiallarni tayyorlash jarayonlarida maqsadli foydalanishga xizmat qilgan.