Qodirova Barno Ibragimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va qozoq tilshunoslik terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (o‘zbek va qozoq maktab darsliklari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1227
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon O‘ralovich, filologiya fanlari doktori; Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va qozoq tilshunoslik terminlarining umumta’lim maktab darsliklarida berilishini qiyosiy nuqtai nazardan yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek va qozoq maktab darsliklarida tilshunoslik terminlarining berilishi ilk bor qiyosiy-tipologik aspektda yoritilib, ularning shakliy va mazmuniy qo‘llanishida tillararo morfologik, semantik hamda sintaktik mutanosiblik va nomutanosiblik hollari tipologiyasi asoslangan; 
XX asr boshlarida o‘zbek va qozoq tilshunoslik terminlarining shakllana boshlaganligi, har ikkala tilda ham milliy lingvistik terminologiyani yaratish asosiy maqsad ekanligi dalillangan;
morfologik terminlarning tillararo, xususan, qardosh, yaqin va qo‘shni tillardagi leksik-semantik xususiyatlari, maktab darsliklaridagi miqdor ko‘rsatkichi qiyosiy tahlillar asosida ochib berilgan;
ikki qardosh tildagi maktab ona tili darsliklarida qo‘llanilgan sintaktik hamda tinish belgilariga doir terminlarni taqqoslash orqali til va terminologiyada muayyan uyg‘unlik mavjudligi nazariy-amaliy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek va qozoq tillari lingvistik terminlarini qiyosiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda tavsiyalardan:
tilshunoslik terminlarining shakliy va mazmuniy qo‘llanishida tillararo morfologik, semantik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida olingan xulosalardan 2018-2020 yillarda bajarilgan S-UZ800-18-GR-0022 raqamli “Access-STEM” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3720-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilida yaratilgan darsliklardagi terminologik apparatning til o‘rganuvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi takomillashgan va chet til o‘qitish samaradorligi oshgan;
o‘zbek va qozoq maktab darsliklari lingvistik terminlarining etimologiyasi, funksionalligi, taraqqiyot bosqichlari va ushbu tadqiqot doirasida amalga oshirilgan qiyosiy-tipologik tahlillarga doir xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3720-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari qiyoslanayotgan tillar lingvistik terminlarining bosma va elektron lug‘atlarini o‘rganish, ta’lim tizimi jarayonlarini mustahkamlash va ta’limni xalqarolashtirishga olib kelgan;
tadqiqotda lingvistik terminologiya, uning ona tilini o‘qitishdagi ahamiyati hamda morfologik terminlarning qardosh, yaqin va qo‘shni tillardagi leksik-semantik xususiyatlariga doir xulosalaridan 2018-2020 yillarda bajarilgan S-UZ800-18-GR-0022 raqamli “Access-STEM” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 89-03-3720-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish ikki tildagi darsliklarni mukammallashtirishga va ona tili o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
turkiy tillar umumiy terminologiyasini shakllantirish omillari, jumladan, o‘zbek va qozoq tillari lingvistik terminologiyasini qiyosiy tadqiq etish tamoyillariga doir xulosalardan Turkiya Respublikasining Firat universiteti hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasining ta’lim jarayonida foydalanilgan (Firat universiteti hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasining 2020 yil 15 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, qozoq tili va qozoq adabiyoti, turkiy tillar leksikologiyasi fanlarini o‘qitishni yaxshilashga hamda tegishli mavzularning talabalar tomonidan chuqur o‘zlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish