Ahmadova Umidaxon Shavkat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Perifrazalarning sotsial xoslanishi»,  10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil934.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umirzakovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p funksiyali hodisa sanalgan perifrazatsiya mohiyatini til va nutq farqlanishida ochib berish hamda leksik-semantik, uslubiy-funksional, ijtimoiy-kasbiy, milliy-etnik, etnosotsial, lingvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilida etnik hamda sotsial perifrazalarning kontekstual qo‘llanilishi, kasbiy farqlanishi, muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi nutqining eshitimlilik darajasi, ruhiy holat bilan bog‘liqligi ijtimoiy, lingvokul`turologik, psixolingvistik aspektda asoslab berilgan;
perifrazaning nominativ ma’lumot berish xususiyatiga egaligi, stilistik qurilma sifatida – perifrazalanayotgan so‘z, perifrazalayotgan komponent, perifrazalangan uch a’zoli  tarkibiy qismlari lingvistik dalillangan;
sotsial-ijtimoiy perifrastik birliklarning muloqot etikasini boyituvchi manba ekanligi, mamlakat xalqaro axborot hamjamiyatining intellektuallashuvida, sotsiolektlar, professiolektlar nutqini to‘ldirishda ijtimoiy rol`, mavqe, vaziyat kabi nutqiy omillari aniqlangan;
perifrastik birliklar ko‘magida nutq odobi, muomala madaniyati yuksalishi, nutqning rang-barangligi, ta’sirchanligi, badiiyligini ta’minlovchi uslubiy vosita ekanligi, ijtimoiy-kasbiy, milliy-etnik, gender, sotsial qatlam va yoshga oid xususiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tilida perifrazalarning sotsial xoslanishini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
perifrazalarning nutqiy-psixologik, ruhiy, hissiy xususiyatlari tavsifi masalalarini yoritish kabi xulosalardan A-1-39 raqamli  «O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish» nomli amaliy loyihada (2014-2017 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kundalik muloqotda so‘zlovchi nutqining eshitimliligini hamda tinglovchi ruhiy holati va uning diqqatini tortishda perifrazalar o‘rni masalalarining ijtimoiy, lingvomadaniy, psixolingvistik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan;
jamiyat a’zolari nutqida perifrazaning kontekstual qo‘llanishi, sotsial perifrazatsiya hosil qilishning etnolingvistik, lingvomadaniy omillar bilan bog‘liq ilmiy natija va tahlillaridan ITD-1-57 raqamli «O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish»  loyihasida (2012-2014 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy qatlam tilida qo‘llanadigan perifrazalar nutqning ta’sirchanligi, badiiyligini ta’minlovchi uslubiy vosita ekanligi, ijtimoiy-kasbiy, milliy-etnik, gender, yoshga oid xususiyati tabiatini tavsiflash masalalarini ko‘rib chiqishda zaruriy ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
sotsial-ijtimoiy perifrastik birliklarning muloqot etikasini boyituvchi manba ekanligi, mamlakat xalqaro axborot hamjamiyatining intellektuallashuvida tutgan o‘rnini belgilash kabi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston» teleradiokanalining «Qorachiq», «Ijod mahsuli» dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 noyabrdagi 01-13-1043-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakat xalqaro axborot hamjamiyatining intellektuallashuvida, sotsiolektlar, professiolektlar nutqini boyitishda ijtimoiy rol`, mavqe, vaziyat kabi nutqiy omillarni aniqlashga erishilgan;
o‘zbek tilidagi perifrazalarning sotsial xoslanishi tavsifi asosida oliy ta’lim tizimi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 5A120102-Lingvistika (O‘zbek tilshunosligi) mutaxassisligi magistrantlari, soha mutaxassislari hamda perifrazalar pragmatikasi bilan qiziquvchilarga mo‘ljallab «O‘zbek tili sotsial perifrazalarining qisqacha izohli lug‘ati» (ISBN 978-9943-6588-6-8) nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yig‘ilgan materiallar asosida o‘zbek tilida mavjud perifrazalarning ijtimoiy-kasbiy, milliy-etnik, gender, sotsial qatlam va yoshga oid xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan perifrastik ifodalarni qamrab oluvchi hamda o‘zbek leksikografiyasi fondini to‘ldirishga xizmat qiladigan lug‘at yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish