Sanoev Akbar Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glycyrrhiza glabra, Amaranthus hypochondriacus va Vitis vinifera o‘simliklarini qayta ishlashning ikkilamchi mahsulotlaridan biologik faol moddalarni flyuid ekstraksiya qilish texnologiyalari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1901.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shaxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Mas’udovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Glycyrrhiza glabra, Amaranthus hypochondriacus va Vitis vinifera o‘simliklarini qayta ishlashning ikkilamchi mahsulotlarini flyuid ekstraksiya qilish orqali biologik faol moddalarni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Glycyrrhiza glabra ildizidan glisirrizin kislotasini ishlab chiqarish usullari tahlil qilinib, glabridin flavonoidini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish uchun maqbul bo‘lgan ikkilamchi mahsulot tanlab olingan;
ilk bor Glycyrrhiza glabra ildizining ikkilamchi mahsulotini yuqori kritik sharoitda SO2 ga hamroh erituvchi qo‘shish orqali glabridin substansiyasi ishlab chiqarishning optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;
ilk bor Amaranthus hypochondriacus urug‘ining ikkilamchi mahsulotini (kunjara) flyuid ekstraksiya qilishda ta’sir etuvchi omillarning optimal ko‘rsatgichlari aniqlangan;
Amaranthus hypochondriacus urug‘ining va Vitis vinifera mevasini qayta ishlashning ikkilamchi mahsulotlaridan tarkibida skvalen miqdori yuqori bo‘lgan moy va uzum urug‘i moyi ishlab chiqarish uchun flyuid ekstraksiya usuli qo‘llanilishi aniqlangan;
Vitis vinifera urug‘ining flyuid ekstraksiyasidan so‘ng hosil bo‘lgan ikkilamchi mahsulotdan tarkibida proantotsianidinlar yig‘indisi 65% kam bo‘lmagan substansiyani olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Glisirrizin kislotasi, glabridin, skvalen moyi, uzum urug‘i moyi va proantotsianidinlar yig‘indisi substansiyalarini ishlab chiqarishning ratsional texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘simliklar ekstraktlari” Tashkilot standarti (Ts 03535440-026:2016) tayyorlangan va “O‘zstandart” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda shuning asosida “Shirinmiya ildizi ekstrakti” texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan (TI-03535440-026:2016/11:2020). Natijada, mahalliy xomashyo asosidagi dori vositasini tibbiyot amaliyotiga joriy etish imkonini bergan;
Amaranthaceae oilasiga mansub dorivor o‘simlik amarant urug‘idan flyuid ekstraksiyalash usuli yordamida skvalen moyi substansiyasini yangi samarador sanoat ishlab chiqarish texnologiyasi tavsiya etilgan, shu asosida «Amarant urug‘i va uzum danagi SO2 ekstraktlari» tashkilot standarti (Ts 03535440-039:2020) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Natijada, moy substansiyalari olishning yangi iqtisodiy samarador, ekologik toza texnologiyasini yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish