Avliyakulov Mirzoolim Avazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlardan yil davomida samarali foydalanishda ekinlardan yuqori hosil etishtirish agrotexnologiyasi», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD.Qx2.

Ilmiy rahbar: Mirzajonov Qirg‘izali Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aramov Muzaffar Hoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘tloqlashib borayotgan sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlar sharoitida erdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yil davomida uzluksiz 2–3 martagacha yuqori hosil etishtirishning maqbul agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor janubiy mintaqalarning o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida erdan samarali foydalanish natijasida o‘rta, ingichka tolali g‘o‘za, kuzgi bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, kechki oqbosh karam, piyoz navlaridan yuqori hosil etishtirish agrotexnologiyasi elementlari ishlab chiqilgan;

taqirsimon tuproqlardan yil davomida foydalanishni tuproqning agrofizik xossalari, sizob suvlari sathi joylashuvi, mineralizatsiyasi va mavsumiy tuz to‘planish koeffisientiga ta’siri  aniqlangan;

erdan yil davomida uzluksiz foydalanishda maqbul tuproq namligi, sug‘orish muddatlari, davomiyligi, mavsumiy suv sarfi va 1 sentner hosil uchun sarflangan suv me’yori, suv iste’moli ko‘rsatkichlari aniqlangan;

ko‘rsatilgan tuproq sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarini maqbul sug‘orish va oziqlantirish tartiblarining o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, bir dona ko‘sakdagi paxta, 1000 dona don og‘irligi va 1 dona karam, piyoz boshlari vazniga ta’siri aniqlangan.        

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Taqirsimon tuproqlardan yil davomida samarali foydalanib, ekinlardan yuqori hosil etishtirishning maqbul agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

taqirsimon tuproqlardan yil davomida erdan samarali foydalanib, ekinlardan yuqori hosil etishtirishning maqbul agrotexnologiyalari 2009–2011 yillarda Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Muzrabot, Qiziriq, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Buxoro-102» navi 7,1 ming gektar, ingichka tolali «Termiz-49» navi 557 gektar, kuzgi bug‘doyning «Chillaki» navi 2,0  ming gektar, arpaning «Bolg‘ali» navi 1,01 ming gektar, boshoqli ekinlardan bo‘shagan maydonlarga g‘o‘zaning «Buxoro-6», «Buxoro-8» navlari hamda makkajo‘xori don va ko‘k massa uchun Muzrabot, Termiz tumanlarida 80 gektar, makkajo‘xoridan so‘ng karam 20 gektar va piyoz 40 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 12 iyundagi 02/20-379-son ma’lumotnomasi). Bunda bir maydondan yiliga 2–3 marotaba hosil etishtirish imkoniyati yaratilib, tuproqning unumdorligi oshishi kuzatilgan, o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va hosil to‘plashi yaxshilanib, g‘o‘zadan gektariga 3–5 sentner, kuzgi bug‘doy va arpadan 3-4 sentner qo‘shimcha hosil olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish